Bobomurodova Xosiyat Bobomurodovna

Tavallud topgan sana: 1950 yil

Tug'ilgan joy:Samarqand

Yo'nalishlar: Shoirlar

6835

Tarjimai hol

Xosiyat Bobomurodova nafaqat iste’dodli shoira, balki, bilimdon pedagog-muallima hamdir. 1979 yilda shoira O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zoligiga qabul qilingan. Xosiyat Bobomurodova ayni paytda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limining kotibasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xosiyat Bobomurodova faqat iste’dodli shoiragina emas, bilimdon pedagog-muallima hamdir.

U 1950 yilda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi «Ibn Sino» jamoa xo‘jaligida tug‘ilgan. Uning otasi mulla Bobomurod elni og‘ziga qaratgan, suhbati shirin, ma’rifatli kishi bo‘lgan.

Xosiyatxon ham ilk bor Alisher Navoiy, Jomiy, Fuzuliy nomlarini otasidan eshitgan, g‘azallari bilan oshno bo‘lgan, «Ming bir kecha», «Chor darvesh» kabi asarlarni tongotargacha mahliyo bo‘lib tinglagan.

U 1966 yili o‘rta maktabni tugatib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o‘qigan.

Adabiyotga yoshligidan havas qo‘ygan Xosiyat hayot qiyinchiliklari tufayli 1967 yili kunduzgidan sirtqi bo‘limga o‘qishga o‘tadi. Uning mehnat faoliyati xuddi shu yildan boshlangan bo‘lib, o‘n yetti yoshida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, yigirma besh yoshidan esa maktab direktori bo‘lib ishlaydi.

Xosiyatning dastlabki she’rlari «Guliston», «Sharq yulduzi» jurnallarida paydo bo‘ladi. 1978 yildan boshlab viloyat gazetasiga ishga o‘tgach, ijod uchun yangi imkoniyat tug‘iladi.

1979 yilda shoiraning «Daryodan qatra» degan ilk she’riy to‘plami nashr etiladi. Xuddi shu yili O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zoligiga qabul qilinadi. Shundan so‘ng uning «Qalb titrog‘i» (1984), «Turnalarim» (1984), «Samarqandga maktublar» (1988), «Men uzgan gullar» (1992), «Murod qasri» (1997) kabi bir qator she’riy to‘plamlari yaratiladi. Xosiyat Bobomurodova ayni paytda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limining kotibasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.

Rasmlar galereyasi