Boqi Muhammad

Tavallud topgan sana: 1579 yil

Vafot etgan sana: 1605 yil

Tug'ilgan joy:Buxoro

Yo'nalishlar: Hukmdorlar

6922

Tarjimai hol

Boqi-Muhammad (1579 - 1605) - Ashtarxoniylar - o‘zbeklardan bo‘lgan Jonibek sulolasini ilk Buxoro xonligining xoni.

Boqi Muhammad (1601-1605) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko‘p urindi. 1602 yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo‘ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1603 yilda Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi. Boqi Muhammad Toshkent uchun qozoq sultonlariga qarshi kurashdi. 1604 yilda qozoq xoni Kelimuhammad qo‘shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo‘ysundirdi.

1605 yilda Boqi Muhammad vafot etgach, uning ukasi Vali Muhammad taxtga o‘tqazildi. Ichki kurash yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadxonning o‘g‘li Imomqulixonni (1611-1642) o‘tqazdilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo‘shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi. Vali Muhammad asir olinib qatl etildi.

Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, jung‘ar (ayrat) lar, qalmoqlar, qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. 1613- yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o‘z tasarrufiga kiritdi. O‘g‘li Iskandar Sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar Sulton aholiga boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko‘paytirib, qattiq zulm o‘tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Iskandar Sulton o‘ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo‘shin tortdi. Qo‘zg‘olonchilar ayovsiz jazolandi, Iskandar xuni uchun aholi qirg‘in qilindi.

Boqi Muhammad-xon 1605 yil Buxoroda vafot etdi. Uning vorisi bo‘lib inisi Vali Muhammad bo‘ldi (1605—1611).

Rasmlar galereyasi