Boboyev Sobir Boboyevich

Tavallud topgan sana: 30 dekabr 1920 yil

Vafot etgan sana: 2004 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Ijodkorlar va musiqachilar, Ustoz va murabbiylar

8976

Tarjimai hol

Sobir Boboyev O‘zbekistonda professional musiqa san’atining shakllanishi va rivojiga munosib hissa qo‘shgan taniqli bastakor, musiqa san’atining tolmas tashkilotchisi va ustoz murabbiysidir. U «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» unvoni va qator orden, medallar bilan taqdirlangan.

O‘zbekistonda professional musiqa san’atining shakllanishi va rivojiga munosib hissa qo‘shgan taniqli bastakor, musiqa san’atining tolmas tashkilotchisi va ustoz murabbiysi Sobir Boboyev 1920 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Katta iste’dod sohibi ekanligini talabalik davridayoq namoyish etgan bo‘lajak bastakorning noyob xislatini sezib, Toshkent Davlat konservatoriyasining 5-kurs talabasini 1948 yilda O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasiga rais etib saylaydilar. Bu bo‘lajak bastakorga bo‘lgan juda katta ishonch va umid edi.

U bu ishonchga osonlikcha erishmadi. Otasidan erta yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi, juda erta musiqa san’atiga mehr qo‘ydi. Taqdir uni ulkan musiqa arbobi, professor Ye. Ye. Romanovskiyga uchrashtirdi.

Ustoz yosh shogirdidagi katta qobiliyatni sezib, bilim olishga da’vat etdi va natijada u Toshkent Davlat konservatoriyasiga o‘qishga kirib, kompozitorlik fakultetida, professor B. B. Nadejdin sinfida ta’lim ola boshladi. Konservatoriyani tugatgan yili, 1949 yilda bir aktli «Zumrad» operasini yozib tamomladi.

S. Boboyev 50-yillarda o‘zbek xalq asboblari orkestri uchun «Bayram uvertyurasi»ni yozdi va bu asar1951 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan o‘zbek adabiyoti va san’ati Dekadasida muvaffaqiyatli ravishda ijroetildi.

1955 yilda R. Bobojon matni asosida paxtakorlar haqida 4 qismli «Paxta bayrami» kontatasini,1958 yilda «Bayram kunida» nomli simfonik poemasini, so‘ng Sh. Sa’dulla va 3. Fatxullinlarning «Vatan ishqi» musiqali dramasiga musiqa yozdi.

S. Boboyev faqat sahnaviy musiqa asarlari yaratish bilan chegaralanib qolmay, qator simfonik, vokal-simfonik, lirik romanslar va qo‘shiqlar, xorlar yozdi, xalq qo‘shiqlarini qayta ishladi.

Musiqa tilining originalligi va yangiligi, yorqin emotsionalligi hamda qisqaligi jihatidan uning «Yor ketdi», «Qalb», «Meros» kabi romanslari alohida ajralib turadi.

S. Boboyev 1948-1955 yillarda O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasi raisi, 1960-1965 yillarda O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasi boshqaruvi a’zosi, 1966-1969 yillarda Samarqand Opera va balet teatri direktori, keyinchalik O‘zbek Davlat filarmoniyasining badiiy rahbari vazifalarida ishladi.

S. Boboyev 50-yillarda o‘zbek xalq asboblari orkestri uchun «Bayram uvertyurasi»ni yozdi va bu asar1951 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan o‘zbek adabiyoti va san’ati Dekadasida muvaffaqiyatli ravishda ijroyetildi.1955 yilda R. Bobojon matni asosida paxtakorlar haqida 4 qismli «Paxta bayrami» kontatasini,1958 yilda «Bayram kunida» nomli simfonik poyemasini, so‘ng Sh. Sa’dulla va 3. Fatxullinlarning «Vatan ishqi» musiqali dramasiga musiqa yozdi.

1961 yilda K. Yashin librettosi asosida yaratgan «Hamza» operasi A. Navoiy nomidagi Opera va balet teatrida muvaffaqiyatli ravishda sahnalashtirildi. Bolalar uchun yozgan «Yoriltosh» operasi 1969 yilda Samarqand, 1970 yilda Toshkent opera teatrlarida sahnalashtirildi.1973 yilda Sh. Sa’dulla va 3. Fatxullinlarning «Vatan ishqi» musiqali dramasi asosida yangi opera asarini yozdi va shu yili bu asar Samarqand opera teatrida sahna yuzini ko‘rdi.

S. Boboyev faqat sahnaviy musiqa asarlari yaratish bilan chegaralanib qolmay, qator simfonik, vokal-simfonik, lirik romanslar va qo‘shiqlar, xorlar yozdi, xalq qo‘shiqlarini qayta ishladi. Musiqa tilining originalligi va yangiligi, yorqin emotsionalligi hamda qisqaligi jihatidan uning «Yor ketdi», «Qalb», «Meros» kabi romanslari alohida ajralib turadi. Bastakor qayta ishlagan «Tanovar-1», «Bog‘ sayliga» o‘xshash qator xalq qo‘shiqlari tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda.

Ijodiy biografiyasida jamoat arboblik faoliyati katta o‘rin tutgan S. Boboyev 1948-1955 yillarda O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasi raisi, 1960-1965 yillarda O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasi boshqaruvi a’zosi, 1966-1969 yillarda Samarqand Opera va balet teatri direktori, keyinchalik O‘zbek Davlat filarmoniyasining badiiy rahbari vazifalarida ishladi.

S. Boboyevning serqirra va sermazmun ijodi, jamoagchilik faoliyati 1967 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» unvoni va qator orden, medallar bilan taqdirlangan.

Rasmlar galereyasi