Azizov Turg‘un Tursunovich

Tavallud topgan sana: 30 noyabr 1934 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Aktyor va aktrisalar, Rejissyorlar

2017

Tarjimai hol

Turg‘un Tursunovich Azizov — o‘zbek sovet aktyori, rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti, Hamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti laureati.

Tarjimai xoli

Turg‘un Azizov 1934 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1953 yili o‘rta maktabni tugatib, A.N.Ostrovskiy nomidagiToshkent davlat badiiy-teatr institutini drama va kino fakultetiga o‘qishga kirgan. U talabalik yillaridayoq Shillerning “Sevgi va makkorlik” pyessasida Fernand rolini ijro etgan. Keyinchalik u ustozi Toshxo‘ja Xo‘jayev taklifiga binoan, Hamza nomidagi O‘zbekiston milliy akademik teatriga ishga kiradi va bu maskanda 50 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

1980 yildan e’tiboran, asosiy faoliyatidan uzilmagan holda, O‘zbekiston madaniyat institutida talabalarga san’at sirlarini o‘rgatib kelmoqda.

Oilasi

Turmush o‘rtog‘i - Roza Azizova

Ijodiy faoliyati

“Aktyor o‘z cho‘qqisi tomon intiladi. Mening cho‘qqilari Abror Hidoyatov hamda Shukur Burxonovlar bo‘lgan”, deyadi Turg‘un Azizov.

Turg‘un Azizovning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishi bolaligidanoq yuqori bo‘lgan. U qobiliyatli rejessyor Toshxo‘ja Xo‘jayev qo‘l ostida iste’dodini charxlagan bo‘lsa, Abror Xidoyatov, Shukur Burxanov, Sayfi Olimov, Sagdi Tabibullayev, Olim Xodjayev, G‘ani A’zamov, Nabi Raximov, Sora Eshanturayeva, Zaynab Sadriyeva, Zamira Xidoyatova kabi xalq ardog‘idagi aktyorlar bilan birga ishlashi mashhurlik pillapoyalariga ko‘tarilishida zamin bo‘lgan.

Turg‘un Azizov kino san’ati sohasida ham ko‘p mehnat qilgan. U o‘ttizdan ortiq filmlarda rollar ijro etgan. 1955-1956 yillar Latif Fayziyev uni kinoga taklif qiladi, 1956 yildan esa dublyajlarda faol ishtirok eta boshlaydi. Turg‘un Azizov kino sohasida qator mashhur rejessyorlar, jumladan, Yu. Agzamov, K. Yormatov, Sh. Abbasov, D. Salimov, A. Xamroyevlar bilan ishlagan.

Ijodkorning spektakllardagi ijrosi, radiodagi eshittirishlari va telespektakllardagi ishtiroki u muvaffaqqiyatli faoliyat olib brogan yana bir ijod qirrasi hisoblanadi.

Keyinchalik o‘zi ham rejissyorlik qilib, o‘zbek xalqining sevimli spektakli “Chimildiq”ni sahnalashtirgan.

“1960 yillar Moskavada o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniyat kunlari tadbirlarida qatnashgan kezlarim, shahar do‘konlarida aylandim. Qarasam, do‘konda navbat ko‘p ekan, shunda men bu yerda kim oxirgi deb so‘raganimda, bir yigit menga qarab: “- Siz aktyorsiz-a “Maftuningman” filmida rol ijro etgansiz-a” dedi... Ona shahrim Toshkentda esa, meni Otella obrazim orqali ko‘pchilik taniydi. Hanuz meni ko‘chalarda tanishadi...” - deydi Turg‘un Azizov. “Mashhur bo‘lganligingizni qachon tushundingiz?”, degan savolga javob tariqasida.

Teatr sahnalaridagi aktyorlik rollari

“Sevgi va makkorlik” F.Shiller - Ferdinand

“Vanya amaki” A.P.Chexov - Vanya Amaki

“Boy ila xizmatchi” Hamza - G‘ofur

“Qutlug‘ qon” Oybek - Yo‘lchi

“Qizil durrachali sarvqomatim” Ch. Aytmatov - Ilyos

“Shon-sharaf” A. Shirvanzade — Sayram

“Noma’ulm” I. Sultan — Niyoz

“Monserra” E. Roblesa — Monserra

“O‘g‘irlangan hayot” Morimoto Kaoru — Eydzi

“Tirik murda” L. Tolstoy — Protasov

“Qirol Lir” Shekspir - Edmund

“Otello” Shekspir - Otello

“Mirzo Ulug‘bek” Shayxzoda - Mirzo Ulug‘bek

“Revizor” N.Gogol - Gorodnichiy

“Inqilobning boshlanishi” K.Yashin - Amir Olimxon

“Alisher Navoi” I. Sultan va Uyg‘un — Husayn Boyqaro

Rejissyorlik ishlari

“Mehrobdan chayon” - Abdulla Qodiriy

“Chimildiq” - Erkin Xushvaqtov

“Mashrab” — Erkin Xushvaqtov

“Okeandagi yetti qichqiriq” — Alexandro Kasona

Filmlardagi rollari

“Maftuningman” Yu.A’zamov - Bakir Nazarov

“Odamlar orasida yolg‘iz” K.Yormatov - Amir Nasrullo

Turg‘un Azizov ko‘plab taniqli insonlarga ustozlik qilgan:

Mirzabek Xolmedov - o‘zbek estradasi komedik aktyori, qiziqchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.

Madina Muxtorova — aktrisa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.

Abduraim Abduvahobov — kino va teatr aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.

Bekzod Muhammadkarimov — aktyor.

Ravshan Jo‘rayev - aktyor.

Unvonlari

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1967)

O‘zbekiston Xalq artisti (1974)

Hamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti laureati (1977)

Mehnat shuhrati ordeni (2001)

Video galereya

Rasmlar galereyasi