Oripov Tohir Fotihovich

Tavallud topgan sana: 7 sentyabr 1945 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Biologlar, Matematiklar, Fiziklar

5783

Tarjimai hol

2006 yildan 2017 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti.

2005 yil 12 martdan 2006 yil 12 martgacha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezident majburiyatlarini bajaruvchisi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi (1995 y.), fizika-matematika fanlari nomzodi, biologiya fanlari doktori. Biofizika fanlari sohasidagi olim, fan tashkilotchisi va jamoat arbobi.

1945 yil 7 sentabrda Toshkentda tug‘ilgan.

Xalqaro fan, texnologiya va ta’lim akademiyasi (AQSh) a’zosi etib saylangan.

1970-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ni tamomlagan.

O‘zR FA Bioorganik kimyo institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, O‘zR FA Mikrobiologiya instituti direktori, O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya tekshiruvi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti va prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

100 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 12 ta ixtiro muallifi.

3 nafar fan doktori va 10 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.

2003 yilda “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.           

 

Rasmlar galereyasi