Arab Muhammadxon

Tavallud topgan sana: 1570 yil

Vafot etgan sana: 1621 yil

Tug'ilgan joy:Xorazm

Yo'nalishlar: Hukmdorlar

4957

Tarjimai hol

Arab Muhammad xon (1621 yil o‘ldirilgan) - 1603 - 1621 yillar hukmronlik qilgan Xorazm davlatidagi shayboniylar sulolasining o‘n birinchi o‘zbek hukmdori.

Arab Muhammad xon o‘zbek xoni Yodgor xon sulolasidan bo‘lmish Hoji Muhammad xonning o‘g‘li bo‘lgan. U taxt tepasiga 1603 yil - otasi Hoji Muhammad xonning o‘limidan so‘ng kelgan. 1621 yilgacha hukmronlik qilgan.

Hokimiyatni boshqarish vaqtida u Xorazmga bosqinchilik uyushtirishga odatlangan qozoqlar bilan jangda muvaffaqiyatga erishgan. Hukmronligining boshidayoq, u Nechay boshchiligidagi qozoqlarni tor-mor etgan.

1616 yil Arab Muhammad xon elchisi Hoja Yusufni Moskvaga yuboradi.

Arab Muhammad xon Xorazmga yurish qilgan qalmiqlarni yakson qilishga erishgan.

 

Rasmlar galereyasi