Anorboyev Sunnatilla

Tavallud topgan sana: 9 sentyabr 1922 yil

Vafot etgan sana: 1 aprel 2003 yil

Tug'ilgan joy:Turkiston

Yo'nalishlar: Yozuvchilar

6598

Tarjimai hol

O‘zbek adabiyoti tarixida shunday yozuvchilar borki, ular o‘z ijodini bolalarga bag‘ishlab boshlaydilar-u, vaqti kelib, hayot tashvishlari va shodliklariga chuqur sho‘ng‘ib, kattalar uchun ham qalam tebratishni boshlashadi.

Sunnatilla Anorboyev kattalar uchun yozib, bolalar adabiyotiga qaytish, asarlarni yanada mohirona va chuqur yozish uchun o‘z uslubini charhlagan. U bolalarning nozik dunyosini his qila olgan va ularning go‘zal va aql bovar qilmas qalbini ifoda eta olgan.

U kattalar uchun “Oqsoy”, “Sayli” kabi romanlar, bolalar uchun “To‘rtko‘zning boshidan kechirganlari” qissasini yozgan.

Sunnatilla Anorboyev 1922 yilning 9 sentabrida ko‘hna Turkistonning Qarnoq qishlog‘ida tavallud topgan. Ikkinchi jahon urushidan qaytgach, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida tahsil olgan. O‘qishini tamomlagach, Nashriyotlarda faoliyatini boshlaydi.

Uning asarlarida odamlarning chorvachilik va ovchilik hayot tarzi ko‘p ifodalangan, shu bilan birga, u turli yorqin timsollardan foydalangan - uning qahramonlari betakror va o‘ziga xosdir. Shuningdek, u insonlarni tabiat boyliklarini saqlashga chorlagan.

“Oqsoy”, “To‘rtko‘zning boshidan kechirganlari”, “Sulaymon ovchi va uning iti haqida”, “Musicha bilan qaldirg‘och qissasi”, “Suzib borar arxarlar” - ushbu barcha asarlar insonlarning ko‘chmanchi va cho‘ponlik hayot tarzi haqida so‘zlaydi.

Uning “To‘rtko‘zning boshidan kechirganlari” hikoyasi ko‘p marotaba nashrdan chiqqan va bolalar orasida katta shuhrat qozongan. S.Anorboyev mazkur hikoya o‘quvchini nafaqat hayvonot olami bilan balki, to‘g‘rilik, mardlik va sofdillik singari yuksak insoniy fazilatlarni targ‘ib etishi haqida yozgan. Hikoya qahramonlari To‘rtko‘z, Olapar va Ko‘ppak odam tilini tushunadi. To‘rtko‘zdan farqli jihati, Ko‘ppak mehrsiz va hudbin, shuning uchun Ko‘ppak kitobxonda yoqimsiz turli salbiy sifatlarni namoyon etadi, To‘rtko‘z esa havas hissini uyg‘otadi. To‘rtko‘z onasi Olaparga o‘z podasini bo‘rilardan himoya qilishda yordam beradi. To‘rtko‘zga xos fazilatlardan yana biri maqtanishni bilmasligidir. Qoravoyning do‘stlari uni eng zo‘r bo‘ribosar, jasur, dovyurak va kuchli deya olqishlaganlarida ham mag‘rurlanib ketmaydi.

Adibning “Suzib borar arxarlar” nomli yangi qissasida esa professor Aziz Nuriyevich va Qo‘chqor hamda To‘rabek va Rabbimovlar o‘rtasidagi ziddiyat tasviri orqali tabiatni asrash g‘oyasi ilgari suriladi. Tabiatni asrash hamisha insoniyat oldidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib kelgan. Ushbu muammoni bolalarning bilim saviyasi va hayotiy tajribasiga mos tarzda qo‘yish yozuvchidan badiiy mahorat bilan birga, kichkintoylar psixologiyasini ham puxta bilishni talab etadi. Qissani o‘qib, yozuvchining ana shu mas’uliyatni chuqur his qilgan holda qalam tebratganini sezish qiyin emas.

Sunnatilla Anorboyev nafaqat hayot va tabiat haqida, balki “Bahs” va “Qo‘rqoq” hikoyalarini ham yozgan bo‘lib, ular boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish kitobiga kiritilgan.

Adabiyotga qo‘shgan hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” unvoni bilan mukofotlangan. 1999 yili “El-yurt hurmati” ordeniga sazovor bo‘lgan.

2003 yil 1 aprel kuni 81 yoshida vafot etgan.

Rasmlar galereyasi