Aliyeva Iroda Mirzaxonovna

Tavallud topgan sana: 17 dekabr 1929 yil

Vafot etgan sana: 7 iyul 1989 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Aktyor va aktrisalar

4876

Tarjimai hol

Iroda Mirzaxonovna Aliyeva — kino va teatr aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti. 1929 yil 17 dekabr oyida Toshkentda tug‘ilgan.

A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. 1951 yildan Xalq artisti Sora Ishanto‘rayeva boshchiligidagi Hamza nomidagi Toshkent drammatik teatrida aktrisa bo‘lib ishlagan. Ilk ko‘zga tashlangan roli I.Popovning “Oila” sahna asaridagi Olya Ulyanova timsoli bo‘lgan.

Boshqa rollari orasida: A.Qahhorning “Kasal tish” komediyasidagi - Nasiba, O.Yoqubovning “Chin muhabbat”dagi - Muqaddas, N.Hikmatning “Muhabbat haqida afsona”sida - Shirin, M. Dib ning “Aljir - mening shahrim”dagi - Maryam va boshqalar. 1960-70 yillarda u o‘zbek san’atining yirik aktrisasiga aylanib, Chingiz Aytmatovning “Yolg‘iz go‘zal” spektaklida Asal, Uyg‘uning “Parvona” sida Nazokat kabi mashhur timsollarni yaratishga musharraf bo‘lgan. Uning timsollari muallif g‘oyasini anglash, chuqur zakovati, chiroyi va yorqinligi, shu bilan birga, iliqligi, do‘stonaligi va jozibasi bilan ta’riflanadi.

1967 yil u O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan.

1970 yildan “O‘zbekfilm” studiyasi tomonidan suratga olingan bir necha filmlarda rollar ijro etgan. Jumladan, bolalar uchun ishlangan respublikadan tashqaridagi “Akmal, ajdaho va malika” (1981) va “Akmalning yangi sarguzashtlari” (1983) filmlaridagi Yalmog‘iz kampir roli bilan mashhur. Shuningdek, “Yolg‘izning yolg‘izi” (1974), “XX asr qaroqchilari” (1979), “Dononing yoshligi” (1982) kabi filmlarda epizodik rollar ijro etgan. Mayin va jarangdor ovozga ega aktrisa radioeshittirishlarda ishtirok etish bilan birga, yuzlab o‘zbek tilidagi dublyajlarda ham qatnashgan.

1989 yil 7 iyul kuni Toshkentda vafot etgan.

Rasmlar galereyasi