Akopov Vil Ivanovich

Tavallud topgan sana: 11 may 1930 yil

Vafot etgan sana: 2014 yil

Tug'ilgan joy:Krasnodar

Yo'nalishlar: Shifokorlar

854

Tarjimai hol

1930 yil 11 mayda Krasnodarda shifokor va o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanishida otasi frontga ketadi, oilasi esa 1941 yil dekabrda Yerevanga ko‘chiriladi. U yerda maktabda o‘qishni davom etadi. Otasi Tibbiyot institutining kafedra boshqaruvchisi etib saylangaligi bois 1946 yil oilasi bilan Samarqandga ko‘chib o‘tishadi.

1949 yil o‘rta maktabni tugatgach, I.P. Pavlova nomidagi Samarqand tibbiyot institutining davolash fakultetiga o‘qishga kiradi va 1955 yil o‘qishni a’lo baholar bilan tamomlaydi.

Institutni tamomlagach, u professor L.M. Eydlin rahnamoligida Sud tibbiyoti kafedrasiga aspiranturaga o‘qishga topshiradi. Uni ham tamomlagach, fan nomzodi dissertatsiyasini yoqlaydi va mazkur bo‘limda yordamchi hamda Samarqand viloyati tibbiyot-sud ekspertlari byurosida mutaxassis bo‘lib ishlagan. Bu yillar davomida turmush qurib, uch nafar farzandning otasi bo‘lgan.

1965 yil mart oyida Chita tibbiyot instituti sud tibbiyot kafedrasi mudiri sifatida Chitaga ko‘chib o‘tadi. Tez orada institutning kasaba uyushmasi raisi bo‘lib saylanadi. 1966 yil oxirida ilmiy ishlar prorektori etib tayinlanadi. 1972 yil “Sud-tibbiyot ekspertizasi jarayonida yaroqsiz buyumlar ishdan chiqqanda majmuiy tadqiqotlar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoyalagan va professorlik unvoniga ega bo‘lgan.

1979 yil sentyabr oyida Rostov davlat tibbiyot institutiga kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan, dekabr oyida Chita davlat tibbiyot instituti rektori ish joyidan ozod etilganligi bois, Rostov na Donu shahriga ko‘chib o‘tib, sud tibbiyot kafedrasi mudiri lavozimida ish boshlaydi. Viloyatdagi sud shifokorlar ilmiy jamiyatidagi ishlarni yangilab, ushbu jamiyat raisi etib saylanadi. U muntazam ravishda o‘tkazgan kengashlarda mamlakatning yetakchi sud shifokorlari ishtirok etishgan.

300 ta ilmiy ish muallifi bo‘lib, ulardan 12 tasi qo‘llanma va darsliklar, 7 tasi sud va tibbiyot huquqiga oid risola, 2 tasi kafedralar aro reja, ixtiro uchun 2 ta ruhsatnoma va 7 ta takomillashtiruvchanlik takliflar.

Rasmlar galereyasi