Aybergenov Tolegen

Tavallud topgan sana: 8 mart 1937 yil

Vafot etgan sana: 29 iyul 1967 yil

Tug'ilgan joy:Qoraqalpog‘iston

Yo'nalishlar: Tarixchilar, Adabiyotshunoslar, Shoirlar

7467

Tarjimai hol

Aybergenov, Tolegen — qozoq adabiyotshunosi, shoiri, olimi, tarixchisi va o‘qituvchisi.

Tarjimai xol

Tolegen Aybergenov 1937 yil 8 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida kolxozchi oilasida dunyoga kelgan. O‘rta maktabni bitirgach, Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetiga o‘qishga topshirgan va 1959 yil tamomlagan.

Institutni tamomlagach, u ona qishlog‘iga qaytadi va rus tili hamda ona tili tarixi fanlaridan dars berishni boshlaydi.

1962-1965 yillarda Sariagash tumani, xozirgi Janubiy-Qozog‘iston tumanida ishchi yoshlar maktabida direktolik lavozimida ishlaydi.

Tolegen Aybergenov 1967 yil 29 avgust kuni Nukus shahrida yozuvchilar delegatsiyasida bo‘lgan vaqt olamdan o‘tgan. Nukus shahrida dafn qilingan. Tolegen Aybergenovni so‘nggi manzilga kuzatish uchun ancha yillik do‘sti Mukagali Makatayev uchib kelgan.

Tolegen Aybergenovning ilk she’rlari 1957 yili bosmada paydo bo‘la boshladi. Ilk kitobi «Arman sapari» («Orzu yo‘li») 1963 yili yaratilgan. Undan keyin 1965 yili uning ikkinchi kitobi — «Өmіrge sayaxat» («Hayotga sayohat») chiqqan. Shoirning uchinchi kitobi «Qұmdag‘i mұnaralar» («Qumdagi minoralar») kitobi dunyo yuzini shoirning o‘limidan bir yildan so‘ng, ya’ni 1968 yili ko‘rgan. Ijodkorning saralangan asarlari esa 1987 yil rus tilida «Mir sozvezdiya» (Yulduzlar turkumi) nomi ostida bosib chiqarilgan. Mazkur asari uchun T. Aybergenov o‘limidan so‘ng 1974 yili adabiyot, san’at va arxitektura yo‘nalishlarida Qozog‘istoning Lenin komsomoli mukofotiga loyiq deb topilgan.

T. Aybergenov hayotlik vaqti ikki dona she’riy to‘plamini nashrdan chiqarish bilan birga, shoirning ajoyib yorqin va o‘ziga xos ijodi zamonaviy Qozog‘iston she’riyatida chuqur iz qoldirgan. T. Aybergenov nima haqida yozmasin, vaqt haqida bo‘ladimi, o‘zi haqidami, boylik to‘g‘risidagi yoki ona yurtining go‘zalligi to‘g‘risida yoki yuqori insoniy intilishlar haqidami — u barcha mavzuda to‘g‘riso‘z va samimiydir.

Aybergenov qozoq she’riyatini sifatli darajaga ko‘targan shoir-novator arboblari qatoridan joy egallaydi. Aybergenov bir qator shoirlar avlodini tarbiyalagan bo‘lib, ular sirasiga Muxtar Shaxanov, Yesengali Raushanov, Fariza Ongarsinovalarni kiritish mumkin. Aybergenov mashhur qozoq bastakori Shamshi Kaldayakovim bilib do‘stlashgan. 1965 yili Tolegen Aybergenov va Shamshi Kaldayakov Atirau (Gurev) shag‘riga yo‘l olishadi va u yerda "Ak yerke - Akjayk" qo‘shig‘i yaraladi.

Xotira

•          Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi Temirlanovka qishlog‘idagi markaziy ko‘chalardan biri shoir sharafiga nomlangan.

•          Janubiy Qozog‘iston viloyat markazlaridagi, shuningdek, Shimkent va Sariagash shahridagi ko‘chalar uning nomiga qo‘yilgan.

•          Janubiy Qozog‘istondagi bir nechta shahar va tuman maktablariga shoirning nomi berilgan.

•          Ostona shahridagi 16-sonli o‘rta maktabga akimat qarori bilan 2001 yil shoirning nomi berilgan. 2007 yil 23 dekabr kuni o‘quv muassasasi boshqarmasi tashabbusi bilan Tolegen Aybergenovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan memorial muzey ochilgan.

•          “Aybergenov әlemі” (“Aybergenov dunsi”) deb nomlangan shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan film suratga olingan, ijodkorning she’ri asosida musiqa bastalanib, klip ham suratga olingan.

Rasmlar galereyasi