Tarjimai hol
Sobir Rahimovich Odilov — o‘zbek va sovet me’mori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi (1967), Xalq arxitektori (1981), Toshkent bosh arxitektori (1970-1986), Toshkentdagi arxitektura markazi mualliflaridan biri (1966-1974), Toshkent markazining me’moriy-rejaviy yechimi ishi uchun O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1975), Xalqaro arxitektura akademiyasining faxriy a’zosi (1993).
1932 yil 1 mart kuni dunyoga kelgan.
1956 yilda O‘rta Osiyo Politexnika institutida arxitektura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan S. Odilov mehnat faoliyatini Toshkent viloyatida qurilish bo‘yicha me’mor sifatida boshlagan bo‘lsa, keyinchalik, Olmaliq shahrida va Toshkent viloyatida bosh me’mor (1955—1961), so‘ngra Toshkent bosh arxitektori bo‘lib davom ettirgan.
O‘zSSR qurilish qo‘mitasi rais o‘rinbosari (1975—1985; 1990—1991).
Keyinchalik Sobir Rahimov O‘zbekiston Davlat qurilish qo‘mitasining bosh me’mori, so‘ngra shahar qurilishi Butunittifoq ilmiy-tekshirish institutining O‘rta Osiyo bo‘limining direktori vazifalarida ishlagan.
Toshkent, Andijon, Jizzah (1970,1980) shaharlari qurilishida, O‘zbekistondagi 80 dan ziyod yashash-joy qurilish va yodgorlik loyihalarida muallif va hammuallif o‘rnida xizmat qilgan. Jumladan:
• Xalqlar do‘stligi binosi va maydoni qurilishi (1977),
• O‘zbekiston SSR Oliy Hokimiyati (1979),
• Toshkent shahrining markazidagi V.I. Lenin haykalining me’moriy qismi (1974), Toshkentdagi Yu.A.Gagarin maydoni (1979),
• Toshkentdagi qurilishlarningi 90-yillargacha bo‘lgan rejalarini amalga oshirgan, jumladan, qator markaziy ko‘chalar va maydonlar.
• Toshkentdagi “Mustaqillik” maydoni.
Toshkent metropoliteni qurilishida barcha bekatlar qurilishida me’morlar jamoasiga rahbarlik qilgan.
Barcha xizmat ko‘rsatgan rassomlar bilan birga O‘zbekiston bo‘ylab shahar barpo qilinishi kabi murakkab masalalarda me’moriy va monumental san’at rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Uning loyihasi asosida Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Yangiyo‘l va Toshkent shaharlarida bir qator monumental va yodgorlik majmualar bunyod etilgan. Toshkentda uning rahbarligi ostida L.B.Shastriy, A.S.Pushkin, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Yu.A.Gagarin i Abu Ali ibn Sino haykallari yaratilgan.
2002 yil 18 iyul kuni vafot etgan.