Adirovich Emmanuil Ilich

Tavallud topgan sana: 24 avgust 1915 yil

Vafot etgan sana: 10 sentyabr 1973 yil

Tug'ilgan joy:Rossiya

Yo'nalishlar: Fiziklar

4686

Tarjimai hol

Emmanuil Ilich Adirovich — qattiq jism fizikasi bo‘yicha fizik-nazariyachisi, fizika-matematika fanlari doktori, O‘zSSR FA a’zosi. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

1915 yil 24 avgustda Melitopolda tug‘ilgan. 1940 yili Moskva davlat universitetini tamomlagan. So‘ngra 22 yil davomida P. N. Lebedev nomidagi SSSR FAning Fizika institutida ishlagan. 1949 yili fizika-matematika fanlari doktori darajasiga ega bo‘lgan. 1963 yili O‘zbekiston SSR FAning Fizika-texnika instituti professori bo‘lgan.

10 sentyabr 1973 yili Toshkent shahrida vafot etgan. Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Tadqiqotlari

Kristallar lyuminestsentsiyasi va dielektrik elektronika muhitli nazariyasi asoschilaridan biri va “sovuq o‘t olish” hodisasini oldindan aytgan va isbotlagan, optron va optron zanjiri nazariyasini qurgan, yarim o‘tkazgich qatlamlarda o‘ta yuqori fotokuchlanish va o‘ta yuqori fotomagnit kuchlanish hodisasini ochgan, metallardan termoelektron va avtoelektron emissiyasida dielektrikada emission toklar bo‘yicha masalaning aniq yechimini topgan.

Rasmlar galereyasi