Tarjimai hol
Adamov Leon Tigranovich — me’mor, O‘zbekiston fahriy me’mori, SSSR davlat mukofoti laureati, SSSR vazirlari kengashi mukofoti laureati, Xamza nomidagi O‘zSSR davlat mukofotlari laureati; Toshkent bosh me’mori o‘rinbosari (1970-1986).
1929 yilning 26 oktabr oyida Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.
O‘rta Osiyo politexnika institutining qurilish fakulteti arxitektura bo‘limini bitirgan.
1966 yil shahardagi fojiali yer qimirlashidan so‘ng Toshkent shahrining joylashuvi butunlay vayronaga aylandi. Toshkent shahrining batafsil joylashuv loyihasi qayta ishlanib, 1968 yili O‘zbekiston SSR Vazirlar kengashi tomonidan tasdiqlandi va shaharning yangi markazi shakllanishiga asos bo‘ldi. Loyiha Yaponiyada bo‘lib o‘tgan EKSPO-70da SSSR paviloni ekspozitsiyasining bir bo‘lagi bo‘lgan.
1970 yil V.I.Lenin tavalludining yuz yilligiga bag‘ishlab, V.I.Lenin prospekti va V.I.Lenin muzeyining Toshkentdagi filialini o‘z ichiga olgan bir qator ishlarni amalga oshirganligi uchun muallif-me’morlar guruhi tarkibida Ye. Rozanova, V. Shestopalova, L. Adamov va boshqalar Xamza nomidagi UzSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
1972 yili L.Adamov va uning hammuallifi Toshkentning asosiy qurilish rejasini ishlab chiqqanliklari uchun SSSR vazirlar kengashi mukofotiga sazovor bo‘lishgan.
1975 yili L.Adamov Toshkent shahri markazi me’morchiligi uchun Moskva va Toshkentning boshqa me’morlari qatorida SSSR davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
1970 yildan 1986 yilga qadar L.Adamov Toshkentning bosh me’mori o‘rinbosari. Uning ishtirokida 1976 yili Toshkent avtomobil yo‘llari instituti majmuasi tashkil etildi.
1998 yildan Sietlda (AQSh) yashagan, Sietl va Toshkentda Tinchlik bog‘larini ishlab chiqqanligi va yaratganligi uchun Amerikaning landshaft me’morlari jamiyati sharafli a’zosi hisoblangan.
2014 yil 7 yanvar kuni Sietlda (AQSh) vafot etgan.