Ad-Dorimiy

Tavallud topgan sana: 797 yil

Vafot etgan sana: 869 yil

Tug'ilgan joy:Samarqand

Yo'nalishlar: Dinshunos va ma’rifatparvarlar

5352

Tarjimai hol

Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Dorimiy at Tamimiy as-Samarqandiy - hadis bilag‘oni, imom, hofiz, shayx ul-islom. Bonu Dorim ibn Malik avlodidan bo‘lganligi sababli shunday nisbuga ega bo‘lgan.

To‘liq ismi: Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahman ibn al-Fadl ibn Bahrom Bonulik Dorim ibn Malik ibn Xanzala ibn Zayd Manat ibn Tamim.

Ad-Dorimiy 797 yil Samarqand shahrida dunyoga kelgan, Xuroson, Sham, Iroq, Misr, Xijoz va boshqa ko‘plab musulmonlik maktablarida tahsil olgan. Yuzlab musulmon olimlaridan dars olgan va an-Nadr ibn Shamiy, Vahba ibn Jarira, Abu Nuayma al-Isfaxaniy va boshqalarning hadislarini yetkazgan.

O‘zining chuqur bilimi sababli ad-Dorimiy butun mumsulmon olamida mashhur bo‘lgan va o‘sha vaqtlarning ko‘plab taniqli ulamolari undan dars olishgan, jumladan, Muslim ibn al-Xajaj, Abu Isoot-Termiziy, Abu Dovud, al-Bazzor, Abu Zura ar-Roziy, Abu Xatim ar-Roziy, Ahmad ibn Xanbal, Iso ibn Umar ibn al-Abbos as-Samarqandiy va boshqa ko‘plab  musulmon ummalarining buyuk ulamolari.

Imom Dorimiy Marv shahrida 896 hijriy sana, Zulhijja oyining sakkizinchi kuni yetmush yoshni qarshi olib, vafot etgan. Arafa - Juma kunida dafn qilingan.

Asarlari ro‘yxati

•          “Tafsir al-Qur’an ul-Karim”

•          “Sunan ad-Dorimiy” (“Musnad ad-Dorimiy”)

Rasmlar galereyasi