Abu Bakr al-Kalabadiy

Tavallud topgan sana: 930 yil

Vafot etgan sana: 990 yil

Tug'ilgan joy:Buxoro

Yo'nalishlar: Faylasuflar, Dinshunos va ma’rifatparvarlar

4809

Tarjimai hol

Abu Bakr Muhammad ibn Sihoq al Buxoriy al Kalabadiy yoki al Kalabaziy — xanifa foqihi, arab tilidagi erta davrlarda yozilgan mashhur tasavvufga oid tartiblangan asarlardan birining muallifi.

Muhammad al Kabadiy 930 yil tug‘ilgan va Kalobod (Buxoroda joylashgan) dahasida yashab o‘tgan. U Muhammad ibn Fadl (huquq), Qosim Foris (so‘fiychilik) va boshqa mashhur ulamolar qo‘lida tahsil olgan. Al Kabadiy 990 yil (boshqa manbalarga ko‘ra 995 yil) ehtimol Buxoroda vafot etgan.

Umri davomida al Kabadiy besh yoki olti asar yozgan. Ulardan bizning davrimizgacha ikkitasi yetib kelgan: «Ma’ani al-axbar» va «at-Ta’arruf li-mazxab axl at-tasavvuf». Birinchi asari payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning hadislariga etik xarakterdagi qisqa va ma’nosiz izohlar ko‘rinishida bo‘lgan. «At-Ta’arruf» islom dini yangi yuzaga kelgan uch asr mobaynidagi musulmon tasavvufchiligini o‘rganishdagi ilk asosiy asarlardan biri bo‘lgan. Mazkur asarni keyingi so‘fiy avlodi yuqori baholagan, jumladan, shayh Yax’yo as-Suxravardiy al Maqtul (1191 yil vafot etgan) e’tibor qaratib, “Agar at Ta’arruf bo‘lmaganida edi, biz so‘fiychilikni bilmagan bo‘lar edik” degan. Kitob bizning davrimizgacha yetib kelgan ilk asar bo‘lib, unda so‘fiylarning nuqtai nazarlari va tajribalari, islom talablari, tasavvuf ilmining avvalroq duch kelmagan g‘oyalari bilan kelishish harakatlari keltirilgan. Kitobda, shuningdek, so‘fiychilik batamom dindorlik doirasi ichida ekanligi va “dindorlik” borasida hech qanday shak-shubha yo‘qligiga oydinlik kiritilgan.

Asar o‘n besh bobdan iborat bo‘lib, ularning har birini uch qismga ajratish mumkin:

1. Tarixiy (1-4, 64-75 boblar): so‘fiychilik va tasavvuf tushunchalariga ta’rif, muhim  jihatlar, ularning g‘ayritabiiy jasoratlari haqidagi hikoya va afsonalar;

2. Apologetik (5-30 boblar): so‘fiychilik nuqtai nazari tizimi, uning “dindorlik” darajasining isboti;

3. Amaliy (31-63 boblar): so‘fiychilik tajribasi, tasavvufchilik yo‘lining asosiy bosqichlari, so‘fiychilik atamalari.

Al Kabadiy asarlari ko‘plab izohlarni yuzaga keltirgan bo‘lib, ularning eng mashhurlari Ismoil al Mustamli (1042 yil vafot etgan)ning fors tilidagi «Hyp al-muridin» nomli ijodiy ishida keltirilgan. Uning izohi so‘fiychilik tarixi manbasi sifatida ko‘rilganda, asl asardan kam emas. 1081 yil 7 aprel kuni u qoldirgan ro‘yxatlarning biri qayta yozilgan bo‘lib, bizning davrimizgacha yetib kelgan fors tilidagi eng qadimiy ikkinchi asar hisoblanadi.

Rasmlar galereyasi