Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Husayn (Fahriddin Roziy)

Tavallud topgan sana: 1148 yil

Vafot etgan sana: 1210 yil

Tug'ilgan joy:Iran

Yo'nalishlar: Faylasuflar, Dinshunos va ma’rifatparvarlar

6974

Tarjimai hol

Faylasuf, mantiqshunos, islom dinini mukammal o‘rgangan olim, tilshunos va tabib.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn al-Husayn tahallusi bilan mashhur bo‘lgan Fahriddin Roziy 1148 yilda Rey shahrida tug‘ilgan. O‘zining moddiy ahvoli bir muncha tang bo‘lmaganligi sababli butun umri ilm izlash bilan Markaziy Osiyo, Eron va turli shaharlarda o‘tib, u yerda u olimlar, shoirlar, faylasuflar, davlat arboblari bilan tanishgan. Hayotining eng muhim pallalari Markaziy Osiyoning yirik markazlari hisoblanmish Buxoro, Samarqand, Xorazmda o‘tgan. Buxoroda u falsafiy fanlarni chuqur o‘rganadi va ilmiy muhokamalarda ishtirok etadi, Xorazmshoh saroyida uch yil xizmat qiladi. U o‘z davrining har sohada yetuk olimi bo‘lgan. Umrining so‘nggi yillari Hirotda o‘tgan va 1210 yili shu shaharda vafot etgan.

Asosiy ilmiy ishlari

Faxriddin Roziy 146 ta ilmiy ish muallifi bo‘lib, ular Islom falsafasining turli muammolariga bag‘ishlangan. Jumladan:

• “Ilm majolisi” (Jami al-ulum”)

• “Ar-Risola al-kamoliya fi al-haqoyiq al-ilohiya” (“Ilohiyot va metafizika ilmiy asari”).

• “Sharh al-ishorat va at-tanbehot” (“Ibn Sinoning kitobiga sharh “Ko‘rsatma va pand-nasihat”) - Mazkur ikki ilmiy ishda olimning hayotga bo‘lgan nuqtai-nazari va falsafiy qarashlari bayon qilingan.

• “Tahsil al-xaq” (“Haqiqatni anglash haqida ilmiy asar”)

• “Nihoyat al-uqul” (“Tafakkur chegaralari”)

• “Risala fi an-nafs” (“Ruh haqida risola”) - ushbu uchta ilmiy asarda olim anglash hamda mantiq nazariyasini ochib bergan.

• “Ilm al-axloq” (“Ahloq haqida fan”) - asar uchta falsafa amaliyoti fanining biriga bag‘ishlangan bo‘lib, unda sharq falsafasi hamda olim yashagan davr doirasi asosida mazkur masalaga bo‘lgan qarash ko‘tarilgan.

Jahon falsafa faniga qo‘shgan hissasi

Fahriddin Roziy fanlar rivoji muammolariga bo‘lgan munosabatni takomillashtirgan. Bunda u qadimiy yunon mutafakkirlari ta’limotiga asoslangan va al-Qindiy, Zokiriy, Roziy, Ibn Sino kabi olimlarning nuqtai-nazarini kuchaytirgan. U o‘z oldiga nafaqat bir qancha muhim va dolzarb savollarga javob topishni, balki ularni haqiqat bilan bog‘lashni ham maqsad qilgan. Roziy ilk bor o‘z tasnifiga 61 ta fanni kiritib, har birining mohiyatini yoritgan. Fahridin Roziy avvalam bor, har tomonlama islomni o‘rganuvchi ilmlarni ko‘rib chiqqan. So‘ngra, tabiiy fanlarni hamda siyosat va binokorlikni o‘z ichiga oluvchi nazariy va amaliy falsafani o‘rganib chiqqan. Barcha fanlarni muallif uch jihatdan ko‘rib chiqqan: tashqi, murakkabligi, tadqiqot kabi jihatlar. Ularning har biri o‘z o‘rnida uch qismga ajraladi. Shu bilan birga ar-Roziy ilmni batafsil o‘rganib, dinda uning o‘rnini aniqlashga harakat qilgan. O‘zining tasnifi so‘nggida u shohmot ilmini alohida ravishda ajratgan. Aytish joizki, ilm bilan shug‘ullanuvchi boshqa tasnifchilarda bunday jihat uchramaydi

Dunyo tan olishi

Ar-Roziyning falsafiy qarashlari undan keyingi olimlarga katta ta’sir ko‘rsatib, arab, rus, o‘zbek, fors va tojik kabi yangi davr olimlari tomonidan ham o‘rganib kelinmoqda.

Rasmlar galereyasi