Abu Abdulloh Muhammad abn Muso al-Xorazmiy

Tavallud topgan sana: 783 yil

Vafot etgan sana: 850 yil

Tug'ilgan joy:Xiva

Yo'nalishlar: Astronomlar, Matematiklar

14211

Tarjimai hol

O‘zining daho kashfiyotlari bilan dunyo ilm-faniga bebaho hissa qo‘shgan olim  - Muhammad al-Xorazmiydir. Yoshligi bilan bog‘liq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Biroq, 800 yillarning boshlarida Xurosonning Bog‘doddagi hokimi - Ma’mun ibn Xorun ar-Rashidning saroyiga taklif qilinganligini inobatga olgan holda, u ona yurti Xorazmda ta’lim olib, yigirma yoshlaridayoq mashhur olim bo‘lib ulgurgan. 813 yilda Ma’mun xaliflik tojini egallaydi va Marvda atrofiga yig‘ilgan olimlar bilan birga Bog‘dodga ko‘chib o‘tadi. Fanning yirik ishqivozi Ma’mun ilm-fan tarixida “Bog‘dod akademiyasi” deb nomlanmish “Bayt al-hikma”ga (“Donolik uyi”) asos soladi. Muhammad al-Хorazmiy umrining oxirigacha ushbu ilmiy markaz boshqaruvchisi bo‘lgan. Bu yerda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan arab Sharqining ko‘plab olimlari ham faoliyat ko‘rsatgan. Ular uchun qadimiy qo‘lyozmalarga boy kutubxona hamda maxsus qurilgan observatoriya xizmat ko‘rsatgan.

Asosiy ilmiy ishlari

Muhammad al-Xorazmiy 20 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi bo‘lgan, ulardan 7 tasi bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Jumladan:

“Fi xisab al-Xind” (arab tilidagi “Hindcha hisob haqida kitob”) – o’nlik pozitsion hisoblash tizimini ifodalovchi va nol belgisi bor, to‘qqizta raqamni bayon etuvchi asar.

“Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala”. (Arab tilida yozilgan “Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) - muallif tomonidan algebra fan sifatida ko‘rilib, “Algebra” deb nom olgan kitob.

Ziji al-Xorazmiy (arab tilida yozilgan (“Zij”) “Astronomik jadval”) - sinuslarning trigonometrik funksiyalari keltirilgan kichik nazariy bo‘lim va jadvallardan tashkil topgan asar.

“Kitob surat al-arz” (arab tilida yozilgan “Yer surati kitobi”) - O‘rta asrlarda ilk bor odamzod yashayotgan yer sayyorasining sharqiy yarmi, undagi mamlakatlar, Tinch okeani (Baxr al-muzallam) hamda sayyoramiz xaritasi keltirilgan geografik risola.

Jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi

Muhammad al-Xorazmiy matematika, astronomiya va geografiya fanlariga, ular orqali sivilizatsiya rivojiga umumiy qo‘shgan muhim hissasi:

1. O’nlik pozitsion hisobni ifodalovchi, nol belgisi bor to‘qqizta raqamni bayon etuvchi sanoq tizimiga asos solgan.

2. Fan sifatida Algebrani yaratdi va unga shu nomni berdi.

3. Ovrupa adabiyotida “Algoritm” deya nom olgan aniq va tushunarli qoidalar orqali ilmiy va ta’limiy asarlarning yangi usulini ishlab chiqdi va ularni yo‘lga qo‘ydi. Lotin tilida “algoritm” talaffuzi uning ismi - al-Xorazmiyga tenglashadi. Mazkur - algoritm tushunchasi butun zamonaviy raqamli axborot va kompyuter texnologiyalari tushunchasi asosini tashkil qiladi. Aynan ushbu usul orqali Muhammal al-Xorazmiy asarlarining bayoni keng ommaga tarqalgan. Yuqorida keltirilgan xizmatlari bilan bir qatorda, hozirgi kunda ma’lum bo‘lishicha, u qutb nuqtalaridan foydalangan.

4. Muhammad al-Xorazmiyning (“Ziji”) Astronomik kitobida Quyosh, Oy, beshta sayyora, matematik jo‘g‘rofiya masalalari, trigonometriya, Quyosh va Oyning tutilishi kabilar ko‘rib chiqilgan. 1126 yil kitob lotin tiliga, 1914 yili nemis, 1962 yili ingliz tiliga tarjima qilingan.

5. Muhammad al-Xorazmiyning jo‘g‘rofiya asarlarida yerning o‘sha vaqtlardagi ma’lum joylari bayon qilingan. Asarda joylar aniq xarita, u yerdagi daryo, dengiz va okeanlari, soni 2402 ga yetuvchi muhim aholi soni bilan keltirilgan. Bu - O‘rta asrlarda yozilgan arab tilidagi ilk jo‘g‘rofiy asar bo‘lgan. Mazkur iqlim nazariyasi aytarli darajada jo‘g‘rofiya rivojida muhim o‘rin tutgan.

Dunyo tan olishi

Muhammad al-Xorazmiyning matematika va umuman, sivilizatsiya rivojidagi hissasi e’tirofga olingan, “algoritm”ga muhrlangan uning ismi va asarlaridan biridagi “algoritm” atamasi Sharq olimlari orasida u yagonaligining isbotidir. Olimning daholigini e’tirof etarkanmiz, al-Xorazmiyga ilm tarixida berilgan eng to‘g‘ri baho amerikalik tarixchi Dj.Sarton tomonidan bo‘lgan: “...zamonasining eng buyuk matematigi, barcha sharoitlarni hisobga olgan holda, barcha zamonning eng buyuk olimlaridan biri”!

Video galereya

Rasmlar galereyasi