Abduramanov Uzeir Abduramanovich

Tavallud topgan sana: 12 mart 1916 yil

Vafot etgan sana: 19 yanvar 1991 yil

Tug'ilgan joy:Qrim

Yo'nalishlar: Qahramonlar

4764

Tarjimai hol

Uzeir Abduramanovich Abduramanov (qrim-tat. Üzeir Abduraman oğlu Abduramanov; 12 [25] mart 1916 yil — 19 yanvar 1991 yil) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet ittifoqi qaxramoni.

Uzeir Abduramanovich Abduramanov 12 (25) mart 1916 yili Tavricheskiy guberniyasining Simferopol uyezdi Kashig-Degirmen qishlog‘ida (hozir Novoandreyevka qishlog‘i, Simferopol tumani, Qrim Respublikasi) tug‘ilgan, ammo boshqa manbalarda tug‘ilish joyini Djag‘a-Mamish qishlog‘i (hozir Suxoreche) aytiladi.

1933 yili fabrika-zavodning bilim yurtining maktabini tamomlagach, Uzeir Abduramanov oshpaz, so‘ng Simferopol yuk-transport korxonasida rais o‘rinbosari bo‘lib ishladi.

Uzeir Abduramanov 1939 yil Ishchi-dehqon qizil armiyasi (RKKA) ga chaqirilgan.

Ikkinchi jahon urushi frontlarida Uzeir Abduramanov s 1941 yildan ishtirok etdi. Stalingrad jangida ishtirok etgan.

Yangi Tereshkovichi qishlog‘i hududida (Gomel tumani, Gomel viloyati, Belorussiya SSR) 1943 yil sentyabrida starshina Uzeir Abduramanov boshchiligidagi janglar natijasida Soj daryosi orqali o‘tish imkoni paydo bo‘ldi. Vazifa muvaffaqiyatli bajarilgandan so‘ng otryadda 17 kishidan faqatgina 3 kishi tirik qolgan edi. Avvalroq starshina Abduramanov o‘z jasoratini Desna daryosidan o‘tish imkoniyatini hosil qilishda ko‘rsatgan.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 15 yanvar 1944 yildagi farmoniga asosan starshina Uzeir Abduramanovich Abduramanovga nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda front qomondonligining harbiy topshiriqlarini namunali bajarganligi va ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet ittifoqi qaxramoni unvoni berilgan.

1944 yil 18 mayda Qrim tatarlarning surguni amalga oshirildi. Bu holat Uzeir Abduramanov oilasini ham tegib o‘tdi. Urushdan so‘ng, iste’foga chiqib u o‘z oilasi ortidan O‘zbekiston SSRga surgun qilingan.

SSSR ichki ishlari xalq qo‘mitasi maxsus aholi bo‘limi hujjatlariga asosan Abduramanovga o‘z vataniga qaytish imkoni berilgan, ammo o‘zini boshqalardan farqi yo‘qligiga qaror qilib, O‘zbekiston SSRda qolgan.

Urushdan so‘ng Navoiyda yashagan. 1991 yil 19 yanvar kuni vafot etgan.

Mukofotlari

  • Sovet Ittifoqi Qaxramoni “Oltin yulduz” medali
  • Lenin ordeni (1944)
  • Vatan urushi 1 darajali ordeni (1985)
  • “Jasorati uchun” medali
  • boshqa medallar

2015 yil 13 aprel kuni Qrimning Djag‘a Mamish qishlog‘ida haykali o‘rnatilgan.

Rasmlar galereyasi