Tarjimai hol
G‘ulom Abdurahmonov — sovet, o‘zbek opera xonandasi (tenor), O‘zbek SSR Xalq artisti (1950). 1910 yilning 1 mayida Turkiston shahrida tavallud topgan, 1987 yilning 15 mayida vafot etgan.
1929 yildan Samarqand musiqa teatrida kuylagan. 1939 yil Moskva konservatoriyasi qoshidagi O‘zbek opera studiyasini yakunlagan.
1939-1955 yillar O‘zbek opera va balet teatri solisti. 1954-1980 yillar O‘zbek filarmoniyasida solist bo‘lib ishlagan.
Oilasi
• Xotini - Zuhra Fayziyeva, opera xonandasi.
• Qizi - Dilbar (1936 yil tug‘ilgan) - dirijyor, SSSR Xalq artisti (1977).
Ijodi
Opera partiyalari
• Qodir (R.Glier va Sodiqovlarning “Gulsara” operasi);
• Toxir (Jalilov va Brovtsinaning “Toxir va Zuxra” operasi);
• Farxod (Jalilov va Brovtsinaning “Farxod va Shirin” operasi);
• Majnun (R.Glier va Sodiqovlarning “Layli va Majnun” operasi);
• Jo‘ra (M.Ashrafiy va S.Vasilenkolarning “Bo‘ron” operasi);
• Bo‘tanuz (M.Ashrafiyning “Buyuk kanal” operasi);
• Ravshan (U.Gadjibekovning “Kyor-Ogli” operasi);
• Kontsert dasturlarida opera ariyalari va qo‘shiqlarini kuylagan. Ular orasida mashhurlari “Iroq”, «Aylading», «Endi sendek», «Sarvigul», «Xush kelibsiz», «Ko‘ngul», «Yor kelur», «Zamonamiz lochinlari», «Muborak», «Sevmasdan bo‘lurmi», «So‘lim diyor», «Cho‘pon qo‘shig‘i».
Mukofot va e’tiroflari
• O‘zbek SSR Xalq artisti (1950).
• 3-darajali Stalin mukofoti (1951) — Glier va Sodiqovlarning “Gulsara” operasida Qodiriy partiyasini kuylaganligi uchun.