Tarjimai hol
Abdullayev O‘rinboy - 2-Pribaltika fronti 3-hujumchi, armiya 219-Idritsk o‘qchi, diviziya 375 o‘qchi polki, 1-o‘qchilar rota o‘qchisi, qizil armiya askari. Sovet Ittifoqi qaxramoni.
O‘rinboy Abdullayev 1912 yil 5 (18) aprel kuni Bagyabskiy qishlog‘ida (hozirgi To‘rtko‘l tumani) Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. Etnik o‘zbek. Boshlang‘ich ta’limni olgach, O‘rinboy Abdullayev kolxozga ishga kirdi.
Ishchi-dehqon qizil armiyasi (RKKA) ga 1943 yili yanvar oyida chaqirildi va may oyiga kelib frontda edi.
1944 yil 18 iyul kechasi, katta serjant Xakimyan Raximovich Axmetgalin boshchiligadagi o‘n kishilik guruh tarkibida, oddiy askar O‘rinboy Abdullayev front chizig‘i ortiga yuborildi.
Latviyaning Ludza shahri yaqinida razvedgruppa, qurshovda qolib, son jihatidan ortiq dushman askarlariga qarshi kurashga kirishdi, bunda guruh strategik muhim 144 chi tepalikni ushlab turgan edi. Barcha guruh askarlarining barchasi halok bo‘lgan deb hisoblardi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945 yil 24 martdagi farmoishiga ko‘ra, Nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurash frontidagi qomondonlikning harbiy topshiriqlarni namunali bajarganligi va bunda dovyuraklik va qaxramonlik ko‘rsatganligi uchun qizil armiya askari O’rinboy Abdullayevga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi.
Ammo kontuziyalangan O‘rinboy Abdullayevni 144 chi tepalikdagi jangdan so‘ng gitlerchilar asrga oldi. Natijada u Magdeburg yaqinidagi kontslagerga tushdi.
Urushdan so‘ng O‘rinboy Abdullayev Ufaga keldi, ammo o‘z vatani sog‘inchi uni Qoraqalpog‘iston ASSR ga yetakladi. U yerda kolxozda ishladi.
1962 yil may oyida O‘rinboy Abdullayev birinchi bor 144 chi tepalikni ziyorat qildi. Takroran 1963 yil 10 noyabrda bordi.
O‘rinboy Abdullayev 1989 yil 15 avgustda vafot etdi.