Tarjimai hol
Abdulahad Abdullayevich Abdullayev (1928), Marg‘ilon, Farg‘ona viloyati. - O‘zbekiston va sobiq SSR davlat va teatr arbobi, san’atshunos, tarjimon. O‘zbekiston SSR davlat kinos raisi (1974).
1951 yilgi sobiq V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat universiteti Sharqshunoslik fakulteti bitiruvchisi.
O‘qishni tugatgach u O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tashkilotlarida ishlagan, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi boshqarmasi boshlig‘i, stenariylar yaratish bo‘limi boshlig‘i, xodimlar bo‘limi boshlig‘i, so‘ng Xamza nomidagi Akademik drama teatri direktori, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktori lavozimlarida ishlagan.
U 1974 yili O‘zbekiston Davlat kinosi raisi bo‘lishi bilan birgalikda Osiy mamlakatlari, Afrika va Lotin Amerikasi kabi davlatlarning Toshkentdagi xalqaro kinofestivali direktori ham bo‘lgan.
U shuningdek, badiiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga mohirona tarjima qilgan.
“O‘zbekiston kinodramaturgiyasi tarixi ochergi” (1963), “O‘zbek kinosining ellik yilligi” (1976), “Kino va yillar”, “Ekranlar aro musobaqa”. Kiofestival materiallari” (1980) kabi kitoblar muallifi.