Abdulla Sobir

Tavallud topgan sana: 5 sentyabr 1905 yil

Vafot etgan sana: 24 oktabr 1972 yil

Tug'ilgan joy:Qo’qon

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

6357

Tarjimai hol

O‘zbekiston xalq shoiri, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati, taniqli dramaturg Sobir Abdulla qo‘shiqlari xalqimizdagi vatanparvarlik va mehnatsevarlik fazilatlarini ulug‘lashga xizmat qilgan. O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli dramaturg Sobir Abdulla 1905 yili Qo‘qon shahrida, xizmatchi oilasida dunyoga keldi.

Sobir Abdulla 1905 yili Qo‘qon shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Alimov Abdulla (1863-1933) mirzo (yozuvchi) bo‘lib, u ham savodli, ziyoli kishilardan edi. U mumtoz o‘zbek, fors va tojik adabiyoti nomoyondalaridan Bedilning muxlisi, ajoyib shaxmatchi va o‘sha davrning mashhur shoirlari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Mavloniy, Yo‘ldosh va boshqalarning yaqin maslakdoshi bo‘lgan. Uning onasi Xojarbibi Muxammadamin qizi ham savodli ayollardan bo‘lib, onasi o‘g‘liga o‘qish va yozishni erta o‘rgatgan. Onasining say harakatlari samarasi o’laroq o‘g‘lida yoshligidan shoirlikka bo‘lgan mehr shakllanib, “Nogiron” va “Osiyo” tahalluslari ostida she’rlar yozishni boshlagan. U sakkiz yoshidan boshlab sharq shoirlarining g‘azallarini bemalol o‘qir, ma’nosini anglar va o‘zi ham she’rlar yozardi.

Sobir Abdulla maktabni tugatgach 1920 yili Qo‘qon Ma’rifat institutida o‘qishni davom ettiradi. U 1924-1926 yillar mobaynida ishchilar tayyorlov kursini tamomlagan, “Yangi Farg‘ona” gazetasining “Chig‘iriq” nomli hajviy bo‘limida ishlagan va shu bilan birgalikda mahalliy gazeta va jurnallarda o‘zining she’rlarini ham chop qildirgan. U 1925-1948 yillarda «Yangi Farg‘ona», sobiq «Yosh leninchi» gazetalari, «Mushtum» jurnalida adabiy xodim, Andijon teatrida esa adabiy emakdosh bo‘lib ishladi. 1927 yili u birinchi marta o‘zini dramaturgiya sohasida sinab ko‘radi va uning birinchi pesasi “Muhbirga hujum” nomi bilan bosib chiqiladi.

Sobir Abdulla 1928 yili jurnalistlar o‘quv kursini tamomlagach, o‘zining tug‘ilib o‘sgan joyi Qo‘qonga keladi va ish faoliyatini Farg‘ona vodiysidagi “Qizil O‘zbekiston” respublika gazetasida maxsus muxbir sifatida davom ettiradi. Shu yildan va umrining oxirigacha u hajviy-satirik yo‘nalishidagi “Mushtum” jurnali bilan o‘zaro aloqani mustahkamlaydi, bu jurnallarda o‘zining hikoyalari, ocherklarini chop qilib boradi.

Sobir Abdullaning qobiliyatli dramaturga sifatigi ijodiy faoliyati 1931 yildan boshlanadi. U O‘zbekiston musiqa Davlat teatrida adabiy bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlaydi. Keyinchalik uning ijodiy faoliyati Samarqand, Andijon va Toshkent shaharlaridagi musiqali Drama Teatrlarida davom etadi, bu esa teatrlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

Sobir Abdulla o‘ttizdan ziyod asarlarni sahnalashtirdi. Uning sahnalashtirilgan asarlari O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston va Tojikistonlarda ham qo‘yilgan. Ular orasida “Tohir va Zuhra”, “Alpomish”, “Muqimiy” va “Gul va Navro’z” hozirgi kungacha mamlakat teatrlarining repertuarlarida qo‘yilib kelinmoqda.

Urush yillarida adib jangchilar hayoti va front orqasidagi kishilarning fidokorona mehnatini aks ettiruvchi she’rlar yozish bilan birga, «Qurbon Umarov» (1941), «Davron ota» (1942) kabi pesalarning yaratilishida ham faol ishtirok etgan.

Sobir Abdulla o‘zining kinostenariy yozuvchisi sifatidagi qobiliyati ham bor edi. Uning 1945 yilda suratga olingan “Tohir va Zuhra” badiiy filmiga yozgan stenariysi jahon kinosanoatida ham yuqori o‘rinlarda baholandi.

U o‘zining lirik asarlarini mumtoz shoirlarning asarlari asosida yozadi va birinchi o‘zining “Devon”ini yaratadi va bu to‘plamda she’rlar, g‘azallar, hajviyalar, muxammaslar, musaddaslar, musammandlar, tarjibandlar, masnaviylar va ruboiylar o‘rin oladi.

Sobir Abdulla 1972 yilning 24 oktyabrda Toshkent shahrida vafot etgan, uni Chig‘atoy qabristoniga dafn etishgan.

Faoliyati

Shoirning «Erk ilhomlari» nomli birinchi to‘plami 1931 yilda bosilib chiqqan. Uning «Ko‘klam nash’asi» (1932), «Taajjub», «Gulshan» (1939) she’rlar to‘plami, «Navbahor» (1930), «Do‘stlik» (1937) kabi hikoya to‘plamlarida xalq hayoti, shoirning ma’naviy dunyosi o‘z ifodasini topgan. Sobir Abdulla sermahsul dramaturg edi. Uning «Bog‘bon qizi» (1930), «Oyxon» (1935), «Tohir va Zuhra» (1939), «Alpomish», «Muqimiy» kabi sahna asarlari teatrlarimizning ko‘rki bo‘lgan.

Urushdan keyingi yillarda Sobir Abdulla yaratgan «Vatan sevgisi», «Baxtim qilur namoyish», «Paxtakor tongi», «Ravshan zamon» qo‘shiqlari xalqimizdagi vatanparvarlik va mehnatsevarlik fazilatlarini ulug‘lashga xizmat qilgan. G‘azalnavis shoir umrining so‘nggi yillarida ma’rifatparvar shoir Muqimiy hayotini aks ettiruvchi «Mavlono Muqimiy» romanini yaratgan.

Rasmlar galereyasi