Abbosov Shuhrat Salixovich

Tavallud topgan sana: 16 yanvar 1931 yil

Vafot etgan sana: 25 aprel 2018 yil

Tug'ilgan joy:Qo’qon

Yo'nalishlar: Rejissyorlar

802

Tarjimai hol

Shuhrat Salikhovich Abbosov - sovet kinorejisseri va stenariy muallifi, SSSR xalq artisti (1981), O'zbekiston SSR xalq artisti, O'zbekiston kinematografchilari uyushmasi kotibi, Xamza nomidagi O'zbekiston SSR Davlat mukofoti laureati (1974), Lenin Komsomol mukofoti (1972). 1998 yilda O'zbekiston Respublikasi "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi.

Taniqli kinorejissyor Shuhrat Abbosov 1931 yilda Qo'qonda tug'ilgan. Toshkent Tibbiyot kollejini 1949 yilda bitirgan. Biroq, san’at hammasidan ustun keldi va Sh. Abbasov 1954 yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining rejissyorlik fakultetini, 1958 yilda "Mosfilm" kinostudiyasi qoshidagi Oliy rejissyorlik kursini tugatgan.

Toshkent viloyat Yangiyo’l musiqali drama teatrida bosh rejissyor sifatida ishlagan. Sh. Abbosov B. Rahmonovning “Yurak sirlari”, K. Yashinning “Nurxon”, Hamza Hakim-zade Niyoziyning “Maysaraning ishi”, A. Qahhorning “Og’riq tishlar” va boshqa spektakllarini sahnalashtirdi.

Shuhrat Abbosov Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida aktyorlik mahorati kursini olib borgan. 1959 yildan boshlab “O'zbekfilm" kinostudiyasida postanovkachi rejissyor, 1982 yildan “O'zbekfilm" kinostudiyasining direktori.

Diplom ishi – Amerika yozuvchisi U. Saroyanning “Filippin va mast” (“Mosfilm”) hikoyasiga asosan qisqa metrajli bir qismli kino, bu yozuvni Shuhrat Abbosov yozgan.

"O'zbekfilm" kinostudiyasida quyidagi filmlarni yaratdi:

“Mahallada duv-duv gap” – 1960 yil, ikkchichi rejissyori Yuriy Stepchuk, bastakor Manas Leviev, rassomi Veniamin Myakotnix, bo’yanish sanatkori Xusan Abdullaev, rollarda: Mehriniso - Lutfikhanum Sarimsokova, Oyposhsha - Maryam Yoqubova, tabib - Sagdi Tabibullaev va boshalar;   “Sen yetim emassan” – 1962-1963 yillar, stenariy muallifi Rahmat Fayziy, rasm boshqaruvchisi Ismoil G'oziev, bastakori Ikrom Akbarov, operator-rejissyori Xatam Fayziev, kinooperatori Mikhail Ponomaryov, rassomlari Emonuel Kalantarov, Narimon Raimboev, rollarda: Fotima - Lutfikhanum Sarimsoqova, va boshqalar;   “Qalbingda quyosh” – 1965-1966 yillar, rasm boshqaruvchisi Ismail G'oziev, rejissyor-operatori Traiko Eftimovski, ovoz operatori Narimon Shodiev, rollarda: Muhtor Aga-Mirzaev, Khadicha-Svetlana Norboeva, Gulchehra-Gulchexra Jamilova va boshqalar;   “Toshkent non shahri” - 1967-1968 yillar, rejissyor yordamchisi Eson Karimov, rrassomi Narimon Rahimboev, muharriri Klara Geldieva, bo’yanish sanyatkori Xusan Abdullaev, rollarda: muhtor-G’ani Agzamov va boshalar;

“Muhabbat mojarosi” – 1971 yil;

“Abu Rayhon Beruniy” ikki qismli tarixiy-biografik film, 1974 yil, bastakori Rumil Vildanov, rassomi Emonuel Kalantarov, ikkinchi rejissyori Eduard Xachaturov, muharriri Klara Geldieva, operator-rejissyori Xatam Fayziev, operator yordamchisi Vadim Bakhteev, kinooperatori Mikhail Ponomaryov, ovoz operatori Jalol Axmedov, rassom-bo’yanish sanatkorlari: Xusan Abdullaev, Georgiy Zairov, rollarda: Beruniy-Po'lat Saidqosimov, Suxrob-Baxtiyor Ixtiyarov, Xo'jandi-Nabi Rahimov, ibn Iroq-Razzak Hamroev, Vahob Abdullaev va boshalar.)

“Abu Rayhon Beruniy” filmi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining IV Halqaro Toshkent kinofestivalida muvaffaqiyatli ravishda namoyish etildi va 1976 yilda Tehron kinofestivalida “Oltin delfin” sovrini bilan taqdirlangan bo’lsa, VIII Butunittifoq kinofestivalida (1975) bosh mukofotga sazovor bo’ldi.

Shuningdek, “Sen yetim emassan” filmi 1963 yilda Frankfurt-Mayneda bo’lgan Xalqaro kinofestivalda, “Toshkent – non shahri” filmi esa 1968 yilda Olma-ota kinofestivalida yaxshi rejissyorlik ishi va tasviriy san’at ko’rinishlari uchun festival sovriniga sazovor bo’ldi.

“Muhabbat mojarosi” filmi 1972 yil Tbilisi Butunittifoq festivalida yaxshi rejissyorlik ishi nominaciyasiga sazovor bo’ldi.

“Abu Rayhon Beruniy”, “Muhabbat mojarosi”, “Qalbingda quyosh”, “Otamdan qolgan dalalar” filmlarining stenariylarini yozishda hammuallif bo’ldi. San’atkor suratga olgan filmlarninig ko’pchiligi o’zbek kino san’atining oltin xazinasidan munosib o’rin oldi, milliy kino san’atimizni jahonga tanitdi. Bu filmlar xalqaro kinofestivallarda yuksak baholanib, katta mukofotlarga sazovor bo’ldi.

SSSR Davlat televidenie buyurtmasi bo’yicha 1979 yilda B. Privalov, K. Yashen va Sh. Abbosovlarning stenariyasida “O’zbekfilm” kinostudiyasida Xamza Hakim-zade Niyoziyninig hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi ko’p qismli “Olovli yillar” filmш namoyish etildi.

Xamza nomidagi O'zbekiston SSR Davlat mukofoti laureati (1974), Lenin Komsomol mukofoti (1972)

Sermazmun va serqirra ijodi “O’zbekiston xalq artisti” va “SSSR Xalq artisti” unvonlari va Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

 

O’zbekiston kinematografchilar Birlashmasi hukumati kotibi.

Rejissyorlik ishlari:

1958-Vasiliy Loxankin

1960- Mahallada duv-duv gap

1962- Sen yetim emassan

1968- Toshkent non shahri

1974- Abu Rayhon Beruniy

1977-1985- Olovli yillar (17-qism)

1990-Jangdagi kichkina odam

Mukofotlari:

Kishinyovdagi VIII Butunjahon kinofestivalining bosh mukofoti (1975)

Tehron Xalqaro kinofestivalida “Oltin delfin” mukofoti (1977)

Frankfurt Maynedagi Xalqaro kinofestival mukofoti (1963)

Eng yaxshi rejissyor va eng yaxshi tasvir mahorati uchun Olma-ota festivali mukofoti (1968)

Tbilisidagi eng yaxshi rejissyori uchun Butunittifoq festivali mukofoti (1974)

Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1972)

Qizil Bayroq Mehnati ordeni

“El-yurt hurmati” ordeni

O’zbekiston Xalq artisti unvoni

SSSR Xalq artisti (1981)

Taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov 87 yoshida 25.04.2018 olamdan o‘tdi.

Video galereya

Rasmlar galereyasi