Muhamedov Muzaffar

Таваллуд топган сана: 1902 йил

Вафот этган сана: 1995 йил

Туғилган жой:Toshkent

Йўналишлар: Режиссёрлар

1076

Таржимаи ҳол

Muhamedov Muzaffar 

O ̒zbek milliy teatrining tashkilotchilaridan biri, iste’dodli rejissyor Muzaffar Muhamedov 1902 yilda Toshkentda tug ̒ ilib, ijodiy faoliyatini 1918 yilda Toshkentdagi Hamza rahbarligidagi teatr gruppasida aktyor sifatida boshlab, so ̒ ng 1919—1924 yillarda o ̒ zbek namuna drama gruppasida aktyor bo ̒ lib ishlagan.

M. Muhamedov 1924—1927 yillarda Moskva o ̒ zbek drama studiyasida ta’lim olib qaytgan.

1928—1930 yillarda Andijon teatrida bosh rejissyor, 1930—1939 yillarda O ̒ zbek Davlat musiqali teatri, 1939—1943 va 1950 yildan Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri rejissyori, 1943—1950 yillarda Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrining bosh rejissyori bo ̒ lib qizg ̒ in ijodiy faoliyat ko ̒ rsatib, o ̒ nlab dramatik, musiqali drama va opera asarlarini muvaffaqiyatli sahnalashtirib, o ̒ zbek teatr san’atining rivojiga sahnalashtiruvchi rejissyor sifatida katta hissa qo ̒ shdi. 
U T. Aminovning «Zafar», S. Husaynning «G
̒ alaba», Fitratning «Arslon», Q. Gossining «Malikai Turondot» dramalari, Q. Yashin, R. Glierning «Gulsara», K. Yashin, T. Jalilovning «Layli va Majnun», G ̒. Zafariyning «Halima», S. Abdulla, T. Jalilov, B. Brovsinning «Tohir va Zuhra», 3. Fatxullin va D. Zokirovning «G ̒ unchalar», S.Abdulla, T. Jalilov, B. Nadyojdinning «Alpomish» musiqali dramalarini sahnalashtirgan.

R. Glier, T. Sodiqovning «Gulsara», «Layli va Majnun», S. Vasilenko, M. Ashrafiyning «Ulug ̒ kanal», R. Hamroevning «Zulmatdan ziyo», S. Boboevning «Hamza» kabi opera asarlarining
ko
̒ pchiligi o ̒ zbek teatr san’atining oltin xazinasidan o ̒ ziga xos o ̒ rin oldi.
M. Muhamedov dramaturg sifatida ham faoliyat ko
̒ rsatib, K. Yashin bilan ijodiy hamkorlikda, 1932 yilda “Ichkarida” pyesasini, 1948 yilda “Gulsara”, “Dilorom” (1958), S. Abdulla bilan “Maysarani ishi” (1958) opera-librettolarini yaratgan. 
Muzaffar Muhamedov 1995 yilda Toshkent shahrida vafot etgan.
Muzaffar Muhamedov «Halima», «Tohir va Zuhra», «Alpomish» musiqali dramalarni va «Layli va Majnun», Gulsara», «Ulug’ kanal», «Hamza» operalarini sahnalashtirgan mohir rejissyor,
o
̒ zbek teatr san’atining rivojiga katta hissa qo ̒shgan san’at arbobi sifatida, madaniyatimiz tarixida o ̒ chmas iz qoldirdi.

Расмлар галереяси