Таржимаи ҳол
Pyotr Mixaylovich Lerner — tibbiyot olimi, epidemiolog, tibbiyot fanlar doktori (1971), professor (1972), yozuvchi. Sog‘liqni saqlash a’lochisi (1958), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980).
1922 yil 23 fevral (Ukraina) Xmelnits viloyatining Shepetovka shahrida tug‘ilgan.
1944 yil institutni tamomlagan. Frontda bo‘lmagan.
• Tuman, shahar va viloyat tozalik va epidemiologiya bo‘linamalarida (Samarqand) bosh shifokor bo‘lib ishlagan.
• Samarqand viloyatining bosh epidemiologi.
• Samarqand tibbiyot institutida — yordamchi, dotsent, professor.
• Epidemiologiya kafedrasi mudiri (1978-1994)
• Samarqand tibbiyot instituti dekani (1970-1976).
• Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (1976-1985).
Gimenolepidozni davolash bo‘yicha yangi uslubni ishlab chiqqan. Ushbu - Gelmintozlarni davolashning samarali uslubi Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti (Jeneva, 1975) tomonidan tasdiqlangan. Yuqumli kasalliklarni oldini olish va kurashish bo‘yicha keng ilmiy amaliyot tizimni ishlab chiqdi va joriy etdi. Natijada, ushbu kasallik soni kamayishiga erishilgan.
P.Lerner vabo, chechak, toshmali terlama, o‘lat, qorin tifi, poliomiyelit, difteriya, va respublikadagi boshqa bir qancha yuqumli kasalliklar xastalikliklarni bartaraf etishda bevosita ishtirok etgan.
Nafaqat O‘zbekistonda balki butun O‘rta Osiyo tibbiyot Oliy ta’lim muassasalarining davolash fakultetlarida birinchi va yagona bo’lgan epidemiologiya kafedrasi u tomonidan tashkil etilgan.
U 11ta xalqaro kengash ishlarida ishtirok etgan. Bir qator risola va ilmiy ishlar muharriri hisoblanadi. Ilmiy xodimlarni tayyorlashda faol ishtirok etgan.
P.M.Lerner biologiya va tibbiyot fani rivojlanishiga qo‘shgan katta hissasi, shuningdek, gelmintozga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqqan nazariya va amaliyoti uchun SSSR Fanlar akademiyasi tomonidan SSSR Vazirlar kengashining yubiley medali bilan taqdirlangan.