Ismoil To‘xtamishev

Tavallud topgan sana: 1950 yil

Vafot etgan sana: 10 oktabr 2015 yil

Tug'ilgan joy:Qashqadaryo

Yo'nalishlar: Shoirlar

4874

Tarjimai hol

Ismoil To‘xtamishev shoir sifatida u 70-yillardan matbuotda ko‘rina boshlaydi. Shoir she’rlarini o‘qiganda bepoyon Qarshi cho‘llarining tabiatiga, odamlariga xos ham qaxrli, ham mehrli nido eshitiladi.

U Qamashi tumanining Arolovul qishlog‘ida, xizmatchi oilasida dunyoga kelgan.

1966 yilda o‘rta maktabni tugatib, «Qashqadaryo haqiqati» gazetasida musahhih sifatida mehnat faoliyatini boshlaydi. 1967-1972 yillarda Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetida bilim oladi. So‘ng turli jamoat ishlarida mehnat qiladi. Viloyat madaniyat bo‘limini boshqaradi.Ma’lum vaqt O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul vazifani ham ado etadi. Shoir sifatida u 70-yillardan matbuotda ko‘rina boshlaydi.

Uning she’rlarini o‘qiganda bepoyon Qarshi cho‘llarining tabiatiga, kayvoni odamlariga xos ham qaxrli, ham mehrli nido eshitiladi. Bilamizki, Qarshi dashtlari yozda yondiradi, qishda qaqshatadi. Uning odamlari ana shu tabiat to‘lqinida toblangan, chidamli, zahmatkash, mehridaryo insonlar, bunyodkor odamlardir. Shoir shular haqida kuylaganda quyosh haroratidek qaynoq mehr in’om etadi, ardoqlaydi. Aksincha, qallob, poraxo‘r o‘g‘rilarga ko‘zi tushganda qish izg‘irinidek nafrat bilan la’natlaydi. Mana shu qiyosiy tasvir tabiat, inson va jamiyat muammolarini poetik hal etishga yo‘l ochadi.

Dastlabki she’ri 1976 yilda matbuotda Abdulla Orirovning «Оq yo‘l»i bilan chop etiladi.

Shundan buyon uning «Cho‘l boychechagi» (1982), «Onam tilaklari» (1983), «Dunyo ustuni» (1987), «Hayqiriq» (1990), «Senga intildim» (1992), «Dil sadolari» (1993), «Ko‘hna nasaf xayoli» (1994) kabi bir qator she’riy majmualari bosmadan chiqadi.

U 2015 yilning 10 oktabrida vafot etgan.

Rasmlar galereyasi