Pirmuhammedov Rahim

Tavallud topgan sana: 20 dekabr 1896 yil

Vafot etgan sana: 16 fevral 1972 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Aktyor va aktrisalar

6217

Tarjimai hol

Pirmuhammedov Rahim - o‘zbek sovet aktyori, O‘zbekiston xalq artisti (1967).

1896 yil 20 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan.

1918 yildan Samarqand, Namangan teatrlari aktyori, so‘ngra Karl Marks nomidagi teatr aktyori.

1923-1927 yillar Toshkentda bir qator teatr jamoalarini tashkil etgan. Hamza nomidagi O‘zbek teatrida ishlagan.

Omsk viloyat teatrini tashkillashtirib, uning badiiy rahbari bo‘lgan.

Keyinroq Samarqand va Namangan viloyat teatrlariga rahbarlik qilgan.

1927 yildan kinoda, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktyori.

1930 yil Moskvada drama studiyasini yakunlaydi, keyin Hamza nomidagi teatrda ishlaydi (Toshkent). 20-yillar oxiridan Pirmuhammad ijodi asosan, o‘zbek kinosi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘plab rollar ijro etgan, jumladan, “Ravot qashqirlari”da (1927) Akromxon, “Qasam”da (1937) Rahim militsiyachi, “Nasriddin sarguzashtlari”da amir ayg‘oqchisi, “Uyqusiz yo‘l”da Tabib (1947), “Nasriddin sarguzashtlari”da Soqolsiz (1947), “O‘g‘lonlar olg‘a yurishadi”da Ikrom (1959), “Atirgullar gullaganda”da oshpaz Ibrohim (1960), “Hamza”da G‘iyosxo‘ja (1961), “Sen yetim yemassan”da poraxo‘r g‘aznachi (1963), “Ikki qalb dostoni”da Egri amir (1968) va boshqalar.

1969 yil “O‘zbekfilm”da Rahim aka Pirmuhamedovga bаg‘ishlangan “Aktyor” nomli hujatli film yaratilgan.

Mukofot va unvonlari

• O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan artist (1939)

• O‘zbek SSR xalq artisti (1948)

• SSSR xalq artisti (1967)

• “Hurmat belgisi” ikkita ordeni

• “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (O‘zbekiston) (2003 - vafotidan so‘ng)

• Medallar

Hayotdan 1972 yil 16 fevral kuni Toshkentda vafot etgan. Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.

Rasmlar galereyasi