Lunin Boris Vladimirovich

Tavallud topgan sana: 18 iyul 1906 yil

Vafot etgan sana: 18 oktabr 2001 yil

Tug'ilgan joy:Jeneva

Yo'nalishlar: Tarixchilar

4488

Tarjimai hol

Boris Vladimirovich Lunin (18 iyul 1906, Jeneva - 18 oktyabr 2001 yil, Toshkent) - sovet va o‘zbek tarixchi olimi, manbaashunos, kutubxonachi, tarix fanlari doktori (1966), professor (1970), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973).

Boris Vladimirovich Lunin 1906 yilning 18 iyul kuni Jenevada, rossiyalik iqtisodchi muhojirlar oilasida tug‘ilgan.

1941 yil Ikkinchi Jahon urush vaqtida B.V. Lunin Janubiy frontda muqim harbiy xizmatni o‘tagan. 1942-1953 yillar Lunin Turkiston harbiy okrugida harbiy xizmatni o‘tagan va okrugning harbiy-ta’limiy muassasalari ijtimoiy-iqtisodiy bosqichining katta o‘qituvchisi va boshlig‘i bo‘lgan. 1953 yil iste’foga chiqqach, u ilmiy kotib bo‘lgan, so‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Tarix va arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi, keyin esa Fanlar akademiyasining Ijtimoiy fanlar kafedrasida ilmiy kotib sifatida faoliyat yuritgan.

1968 yildan B.V.Lunin O‘zSSR Tarix institutida turixshunoslik sektori mudiri bo‘lgan, shu yili mazkur institutning bosh ilmiy xodimi ham bo‘lgan.

B.V. Lunin “Tarix muammolari”, “O‘zbekiston milliy tarixi”, “Qadimgi tarix xabarnomasi”, “Rossiya arxeologiyasi”, “Fan va turmush”, “Fan va texnika”, “Osiyo xalqlari va Afrika” va boshqa shu kabi oynomalarda maqolalarini chop etgan.

B.V. Lunin 25 ta risola, 50 ta qo‘llanma-kitobcha va 600 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Qirq yil davomida u “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalida tahririyat kengashi a’zosi bo‘lgan, 14 jildlik O‘zbekiston ensiklopediyasining bosh tahririyati jamoasi a’zosi bo‘lgan.

B. V. Lunin Rossiya Tabiatshunoslik Akademiyasi akademigi, Rossiya Arxeologiya Jamiyati a’zosi bo‘lgan, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

B.V.Lunin 2001 yil 18 oktabrda Toshkentda vafot etgan va Do‘mbirobot qabristoniga dafn etilgan.

 

Rasmlar galereyasi