Qo’shjonov Matyoqub

Tavallud topgan sana: 5 may 1918 yil

Vafot etgan sana: 16 avgust 2005 yil

Tug'ilgan joy:Turkmaniston

Yo'nalishlar: Adabiyotshunoslar

6374

Tarjimai hol

Qoshjonov Matyoqubozbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918 yil 5 mayda hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati, Hallang qishlog‘ida tug‘ilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), O‘zbekiston Respublikasi FAning a’zosi (1979), O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977).

30-yillarning ikkinchi yarmida Toshhovuzdagi o‘qituvchilar institutida o‘qigan. 1941-1945 yillarda urushda qatnashgan, mergan bo‘lgan. 1945-1950 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qigan, imtiyozli diplom olgan.

1950-1954 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi apparatida ishlagan.

1954-1957 yillarda Markaziy Komitet qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida o‘qidi.

 1957-1960 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qituvchi bo‘ldi.

 1960 yildan O‘zbekiston FAning Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor, bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Rasmlar galereyasi