Hamid Olimjon

Tavallud topgan sana: 12 dekabr 1909 yil

Vafot etgan sana: 3 iyul 1944 yil

Tug'ilgan joy:Jizzax

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

100438

Tarjimai hol

Hamid Olimjon – o‘zbek shoiri, dramaturg, adabiy tanqidchi, XX asr o‘zbek mumtoz she’riyati namoyandasi.
Hamid Olimjon (haqiqiy ismi Hamid Olimjon Azimov 1909—1944-yillarda) Jizzaxda tug‘ilgan. Yoshligidan onasi Komila va bobosi Mulla Azimdan ko‘plab xalq ertaklari, doston va qo‘shiqlarini tinglab kelgan. Yozuvchi sifatida, u folklor yo‘nalishiga ham to‘plovchi, ham tadqiqotchi sifatida yuzlangan.
1918-yil Hamid Olimjon Jizzaxda ochilgan tugallanmagan o‘rta maktabga topshiradi, so‘ngra Samarqandga o‘qishga ketadi. U yerda avval bilim yurtda, keyin universitetda tahsil oladi. Samarqanddagi o‘zbek pedagogika akademiyasini (1928 – 1931-yillarda) tamomlagan.
1928-yil Hamid Olimjonning “Bahor” nomli ilk she’riy to‘plami dunyo yuzini ko‘radi. Ko‘p yillardan so‘ng Oybek o‘zining Hamid Olimjon haqidagi maqolasida ushbu to‘plam nomlanishining ramziyligiga urg‘u berib o‘tadi. “Bahor” nomli to‘plami shoir ijodining bahor pallasini o‘tayoganda nashrdan chiqdi, deya izohlaydi. To‘plam nomiga uning kayfiyati ham monand: ko‘tarinkilik, hayoliylik.
Samarqandda ta’limni olib, Toshkentga kelishi, Olimjon hayotidagi yangi va muhim qadamni ifodalaydi. Shoir Uyg‘unning xotiralaridan: “Hamid Toshkentga mening ketimdan ko‘chib o‘tdi. Nochorlik hukm surgan davrlar edi: qog‘ozlar tanqis edi. biz nashriyotlardan olgan uzun qog‘oz bo‘laklariga yozardik, ehtimol, shu sababli, menda ham, Hamidda ham uzun qog‘oz tasmalariga yozish ishtiyoqi saqlanib qolgan”.
Hamid Olimjon gazeta va jurnallarda jurnalist va muharrir sifatida ko‘p ishlaydi, lekin o‘zining adabiyo faoliyatini ham davom ettiradi. 1930-yillan u “Oygul va Baxtiyor”, “Semurg‘” kabi baxshilar ijrosidagi dostonlardan ilhomlanib, yirik asarlar yaratadi.
1939-yil Hamid Olimjon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi etib tayinlanadi va o‘limiga qadar, ya’ni 1944-yilgi avtohalokatgacha ushbu lavozimni egallaydi.
Olimjonning she’riy ijodiga M.Gorkiy va V.V.Mayakovskiylar juda katta turtki bergan. Hamid Olimjon  — zamonaviylikni kengroq ochib berishga jur’at qilgan birinchi o‘zbek shoirlaridandir. Birinchi she’riy to‘plami “Bahor” 1926-yil nashrdan chiqqan, ammo muallifning iqtidori “Semurg‘” (1939), “Oygul va Baxtiyor” (1938), “Diyor” (1939), “Baxt” (1940) kabi dostonlarida namoyon bo‘ladi.
Eng sara asarlari – “Zaynab va Omon” dostoni bo‘lib, o‘zida 30-yillar o‘zbek she’riyati xususiyatlarini bog‘laydi (1938). Fashist Germaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan urush yillari “Roksananing ko‘z yoshlari” (1944) dostoni, “Qurolni qo‘lga ol” (1942) she’riy to‘plami, “Muqanna” (1942—1943) tarixiy dramasi kabilar yozilgan bo‘lib, yuksak mahorat bilan yozilganligini ta’kidlash joiz.
Hamid Olimjonning adabiyotshunoslikka doir maqolalarida o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyot muammolari ko‘tariladi, adabiyot va folklor, rus va o‘zbek adabiyot bilan uzviylik ko‘rib chiqiladi: “Muhammad Amin Muqimiy” (1938), “Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni haqida” (1939), “Navoiy va bizning davrimiz” (1940), “Salom, Pushkin!” (1937), “Tolstoy va o‘zbek xalqi” (1938) shular jumlasidan.
Hamid Olimjon A.S. Pushkinning “Kavkaz asirasi”, “Suv parisi”, M.Yu. Lermontovning “Bel”, M. Gorkiyning “Chelkash” kabi asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Toshkent metropoliten bekati hamda Qarshi davlat pedagogika instituti Hamid Olimjon sharafiga nomlangan.

Rasmlar galereyasi