Qayumov Abdubaki Jalilovich

Tavallud topgan sana: 17 mart 1950 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Geologlar

5090

Tarjimai hol

Qayumov Abdubaki Djalilovich 17 mart 1950 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

1957 yili Toshkent shahridagi 24-o‘rta maktabga o‘qishga borib uni 1967 yili tugatgan. Shu yili Toshkent Politexnika institutiga kirib 1972 yili muhandis geolog mutaxassisligini tamomladi.

O‘z mehnat faoliyatini 1972 yili Toshkent metroloyiha institutida muhandis lavozimidan boshlagan. 1973-1974 yillari Toshkent avtomobil-yo‘llar institutida assistent lavozimida ishladi. 1975-1978 yilllari Moskva avtomobil-yo‘llar institutida aspiranturani tugatgan. 1978 yili texnika fanlari nomzodi ilmiy unvonini olish uchun nomzodlik ishini himoya qildi.

1978-82 yillari Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini “Yo‘llarni qurish texnologiyasi va undan foydalanish” kafedrasida katta o‘qtuvchi, 1982-88 yillari Butun Ittifoq Yo‘l Ilmiy tekshirish institutining O‘rta Osiyo filialida katta ilmiy xodim va laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 1988-91 yillarida Moskva avtomobil-yo‘llar institutida doktoranturani ham tugatgan.

2006 yili texnika fanlari doktori ilmiy unvonini olish uchun 05.23.11-“Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni qurilishi” ixtisosligi bo‘yicha “Lyossimon gruntli yo‘l ko‘tarmalarini hisobiy ko‘rsatkichlari va zichlashtirish texnologiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Uning 102 ta ilmiy maqolasi bosmadan chiqqan. 25 ta ilmiy hisobot, 31 ta me’yoriy va uslubiy hujjatlar, 5 ta monografiya, 4 ta mualliflik ishini yozgan.

2004 yildan buyon mustaqil davlatlar xamyurti hukumatlararo yo‘l kengashining eksperti.

2008 yildan hozirgi kungacha Toshkent davlat texnika universitetida professor lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatattsiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti 14.07.2016.T.07.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi sanaladi.

Toshkent arixitektura qurilish instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi Attestatsiya komissiyasi a’zosi.

 

Rasmlar galereyasi