Burhonov Shukur

Tavallud topgan sana: 15 sentyabr 1910 yil

Vafot etgan sana: 15 avgust 1987 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Aktyor va aktrisalar

2324

Tarjimai hol

Shukur Burhonov — o‘zbek sovet teatr va kino aktyori, SSSR Xalq artisti (1959). Ulug‘bek roli ijrosi uchun Hamza nomidagi O‘zbek SSR Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan (1964).

1910 yil 15 sentabr kuni Toshkentda tug‘ilgan. Shukur Burhonov Qishloq xo‘jaligi texnikumida o‘qish yillari dramatik to‘garak ishlarida ishtirok etgan.

1927 yil Davlat o‘zbek teatri truppasiga (hozirgi Hamza nomidagi teatr) qo‘shiladi. Ish faoliyatining birinchi yillari Burhonov bir qator munosib rollar yaratgan: Azamat (“Yondiramiz” sahna asari), Bahodir (“Vayrona” sahna asari), G‘ulom (“Nomus va muhabbat” sahna asari). Hamzaning “Boy ila xizmatchi” dramasidagi G‘ofur roli bochqichli ishi bo‘lib xizmat qildi. Urushdan keyingi yillar Burhonov ijobiy zamonaviy qahramonlarni gavdalantiradi: Maksimov (Boris Lavrenyovning “Dengizdagilar uchun” sahna asari), Rahimov (Yashenning “General Rahimov” sahna asari), Shumilov (Safarovning “Sharq tongi” sahna asari), Lenin (“Kreml kurantlari”, undan so‘ng “Yo‘lchi yulduz”) rollari.

Burhonov qahramonlik va irodali, falsafiy o‘ylar va chuqur otashin yog‘dularga boy rollar yaratadi: Gamlet, Yulius Fuchik, Ashug Satilmish, Farhod. Shu bilan birga, u o‘tkir-satirik siymolarni ham gavdalantira olgan va 1952 yil N.V. Gogolning “Revizor” spektaklida Gorodnichiy rolini ijro etadi.

Shukur Burhonov ijodi yorqin jo‘shqinligi, yuqori hayajoni, chuqur psixologik haqiqati bilan ifodalanadi.

1987 yilning 15 avgust kuni (boshqa manbalarga ko‘ra, 14 avgust) Toshkentda vafot etgan. Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.

Shukur Burhonovga “Shukur Burhonov xalq artisti” filmi bag‘ishlangan.

Teatrdagi rollari

1929 - Furmanovning “G‘alayon” - Parasyuk,

1932 - Yashenning “Yondiramiz” - Azamat,

1934 - Yashenning “Vayrona” - Boxadir,

1936 - Yashenning “Nomus va muhabbat” - G‘ulom,

1937 - Trenyovning “Bahori sevgi” - Shvandya,

1939 - Hamzaning “Boy ila xizmatchi” - G‘ofur,

1942 - “Oleko Dundich” - Oleko Dundich, Sultanovning “Burgut uchishi” - M. V. Frunze, Lavrenyovning “Dengizdagilar uchun” - Maksimov,

1947 - Pogodinning “Kreml kurantlari” - Lenin,

1950 - Yashenning “General Rahimov” - Rahimov,

1951 - Safarovning “Sharq tongi” - Shumilov,

1952 - N. V. Gogolning “Revizor” - Gorodnichiy

Kinodagi rollari

1940 - Asal - Rustam,

1941 - Jasur do‘stlar - Ahmetov,

1945 - Tohir va Zuhra - Qorabotir,

1947 - Uyqusiz yo‘l - Sahob Niyoziy,

1954 - Boy ila xizmatchi - G‘ofur,

1955 - Amirlikning qulashi - Ibrohim,

1955 - Hovli to‘yi - Mavlon,

1956 - Ilya Muromets - podsho Kalin,

1957 - Baxt uchun - Karimov,

1961 - Qushcha-chittakcha - Kolxoz raisi,

1964 - Ulug‘bekning yulduzi - Ulug‘bek,

1964 - Qayerdasan, Zulfiyam?,

1965 - Osiyo ustidagi bo‘ron - Yalangtush

Video galereya

Rasmlar galereyasi