Bekmambetov Timur

Tavallud topgan sana: 25 iyun 1961 yil

Tug'ilgan joy:Qozog‘iston

Yo'nalishlar: Rejissyorlar

5025

Tarjimai hol

Timur Bekmambetov - rejissyor va klipmeyker. U 2004 yili “Nochnoy Dozor” (Tungi nazorat) blobasterini tasmaga olib, katta muvaffaqqiyatni qo‘lga kiritgan va mashhurlikka erishgan. Bu filmda Konstantin Xabenskiy, Vladimir Menshov, Valeriy Zolotuxin, Gosha Kutsenko kabi Rossiya kino yulduzlari suratga tushishgan. Keyinchalik filmning mantiqiy davomi sifatida 2006 yilda “Dnevnoy dozor” (Kunduzgi nazorat)ni suratga olgan.

Timur Bekmambetov 1961 yil 25 iyunda Qozog‘istonning Gurev shahrida tug‘ilgan.

U o‘zining ijodiy faoliyatini rejisser sifatida boshlamagan, u yoshligidan rasm chizishga qiziqar va o‘zi ham qobilyatli rassom bo‘lgan. Bugungi kunda Timur Bekmambetov Qozog‘iston, Rossiya davlatlarining yetakchi rejessyorlaridan biri hisoblanadi.

Uning yangi loyihalari mashhurlikka erishadi, kino ihlosmandlari orasida katta qiziqish bilan kutib olinib, jiddiy mulohazalarga sabab bo‘ladi.

Timur Toshkent shahriga 1980 yili keladi va A.N.Ostrov nomidagi teatr-san’at institu “Teatr va kino rassomi” fakultetiga ga o‘qishga kiradi. O‘qishni tugatgach u “O‘zbekfilm” kinostudiyasida va “Ilxom” teatrida faoliyat yuritadi. Timur 1986-1987 yillarda suratga olingan «Pered bolshoy dorogoy na voynu» (Katta yo‘l oldidan urushga) filmida pastanovkachi-rassom sifatida ish olib borgan. 1989 yildan esa Moskvada o‘z faoliyatini reklama roliklari va musiqali kliplar olish bilan davom ettiradi.

U katta kinoga birinchi bo‘lib 1994 yilda suratga olingan “Peshavar valsi” nomli urush janridagi kino bilan stsenarist va kichik rejisser sifatida kirib kelgan. Uning bu debyuti katta muvaffaqqiyatga erishdi. Unga haqiqiy mashhurlikni 2004 yilda katta ekranlarga chiqqan «Nochnoy Dozor» (Tungi nazorat) kartinasi taqdim qilgan.

Bu kartinada Konstantin Xabenskiy, Vladimir Menshov, Valeriy Zolotuxin, Gosha Kutsenko kabi Rossiya kino yulduzlari suratga tushishgan. Keyingi mashhur kinosi 2006 yilda suratga olingan “Dnevnoy dozor” (Kunduzgi nazorat)ni filmi hisoblanadi.

Shuningdek, u sovet davrida juda mashhur bo‘lgan 1975 yilda suratga olingan “Taqdir hazili yoki qushday yengil bo‘ling” kinokartinasi asosida zamonaviy tusda 2007 yilda suratga olingan “Taqdir hazili. Davomi” nomli filmini suratga olib, kinoislohmandlariga sovg‘a qilgan. Timur Bekmambetov Gollivud kinosanoatida ham super xit darajasiga ko‘tarilgan “Osobo opasen” (Juda xafli) kinokartinasiga rejissyorlik qilgan. Bu kinokartinada Djeyms MakEvoy, Andjelina Djoli va Morgan Frimanlar suratga tushishgan, va kino prokatlarda jami 330 million dollardan ziyod mablag‘ to‘plagan.

Filmlari

  • 1994 - Peshavor valsi yoxud Afg‘onistondan qochish
  • 2000 - Gladiatriks
  • 2002 - GAZ - Rus mashinasi
  • 2004 - Tungi nazorat
  • 2005 - Kunduzgi nazorat
  • 2007 - Taqdir hizili. Davomi
  • 2008 - Juda xavfli
  • 2009 - 9 (prodyuser)
  • 2009 - Qora chaqmoq
  • 2010 - Juda xavfli 2
  • 2010 - Vikrutasi (prodyuser)
  • 2010 - Nomashomgi nazorat
  • 2010 - Qora chaqmoq 2 (prodyuser)
  • 2010 - Monstrlar (prodyuser)

Kliplari

  • Chicherina «Tu-lu-la»
  • Chicherina «Jara»

Unvonlari

  • 1994 yilgi IV Moskva festivalida «Imidjevaya reklama»(Reklama imidji) kategoriyasi Gran-pri sohibi («Alfa-bank-3», «Den rojdeniya»)
  • 1994 yil Slaveniyada o‘tkazilgan yangi Yevropa festivalida eng yaxshi reklama imidji sohibi («Vsemirnaya istoriya, Bank Imperial»)
  • «Zolotoy kiparis» v nominatsii «Imidj» (za rolik «Aleksandr Makedonskiy») na II MF reklamnix filmov «Kiparis» (Yalta-94);
  • 1994 yili “Aleksandr Makedonskiy” roligi uchun Yaltada o‘tkazilgan II Moskva festivalida Imidj nominatsiyasida «Zolotoy kiparis» mukofoti bilan taqdirlangan.
  • 2004 yili “Platinoviy Tarlan” mukofoti bilan taqdirlangan.

Rasmlar galereyasi