Abu Mansur Qumri

Tavallud topgan sana: 917 yil

Vafot etgan sana: 999 yil

Tug'ilgan joy:Buxoro

Yo'nalishlar: Shifokorlar

6092

Tarjimai hol

Abu Mansur Xasan ibn Nux Qumri X asr boshlarida Buxoroda dunyoga kelgan, Buxoro amirlarining saroy tabibi bo‘lgan. Ibn Sino ham Qumri bilan ko‘rishgan, uning meditsinaga oid darslarida qatnashgan va ko‘p narsani undan o‘rgangan. Olim 999 yil vafot etgan va Buxoroga ko‘milgan.

Qumri tomonidan tibbiyotga doir 8 ta asar yozilgan bo‘lib, ulardan ikkitasigina bizning davrimizgacha yetib kelgan — “Kitab al-gina va-l-muna”, inson tanasidagi barcha organlarni davolashga bag‘ishlangan “Mukammal va qimmatli kitob”. Kitob juda mashhur bo‘lganligini 40 qa yaqin qo‘lyozmalari Osiyo, Afrika va Ovrupa qo‘lyozmalar omborlarida saqlanib kelishidan ko‘rish mumkin.

Qumrining bizgacha yetib kelgan ikkinchi asari — “Kitab at-tanvir fi-l-istilaxat at-tibbiya” “Tibbiyot atamalarining yuzaga kelishi haqidagi kitob” o‘z ichiga 350 dan ziyod meditsina atamalarini olgan izohli lug‘at bo‘lib, 20 dan ziyod qo‘lyozmalari mavjud.

Qumrining ilmiy meroslaridan bizgacha faqat ikkitasi yetib kelganligiga qaramay, ular ilm-fan tarixida juda katta ahamiyatga egadir: “Mukammal va qimmatli kitob” tibbiyotga oid eng buyuk asarlardan biri sanaladi, u Buxoroda yozilgan bo‘lib, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asaridan oldin bitilgan. Unda 30 dan ortiq tibbiyot mualliflari, zamondoshlari, izdoshlari qoldirgan qimmatbaho ma’lumotlar mavjud.

Ibn Sino davrida tibbiyot atamalarini o‘rganish tibbiyot atamashunosligi fani uchun juda muhim ahamiyatga egadir.  Ayniqsa, meditsina tajribasida qo‘llaniluvchi turli parhezbop taomlar, ichimliklar va boshqa moslamalarga izoh berganligi juda qiziq, zero, boshqa izohli lug‘atlarda, hatto boshqa asar “Qonun”larida ham uchramaydi.

Qumrining asarlari va u haqidagi biografik ma’lumotlar o‘rta asr arab va fors bio-kutubxonachilik lug’atlarida keltirilgan.

Qumrining lug‘ati XVI asrda mashhur saroy shifokori Zahiriddin Bobur va uning o‘g‘li Humoyunning shaxsiy tabiblari hisoblanmish tabib Ismoil ibn Yusuf tomonidan fors tiliga tarjima qilingan.

Rasmlar galereyasi