Obidjonov Anvar

Tavallud topgan sana: 25 yanvar 1947 yil

Tug'ilgan joy:Farg‘ona

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

10641

Tarjimai hol

Anvar Obidjon - o‘zbek jurnalisti, bolalar shoiri, fantast yozuvchi, kinosenariyachi va dramaturg. 1998 yil «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga sazovor bo‘lgan.

Tarjimai xol

Anvar Obidjon Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlog‘ida 1947 yilning 25 yanvarida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topgan.

1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) jurnalistika fakultetini sirtdan tamomlaydi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga kelib, «Yosh gvardiya» nashriyoti, «Yosh kuch», «Mushtum», oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi.

«Cho‘lpon» nashriyotining bosh muharriri bo‘lgan. Hozirda o‘zbek televideniyesida muharrir bo‘lib ishlaydi.

Ilk ijod namunalari 1974 yildan nashr qilina boshlagan. O‘zbek tilida ijod qilgan. Yettinchi sinf o‘quvchisi Alamazon va uning do‘stlari haqidagi qiziqarli sarguzashtlardan so‘zlovchi “Alamazon va uning sarguzashtlari” (1983 yil rus tiliga tarjima qilingan) nomli ilmiy-fantastik qissasi orqali mashhur. Shuningdek, “Dahshatli Meshpolvon” (1991) nomli bolalar fantastik hikoyalar turkumini nashrdan chiqargan.

Asarlari

•          Alamazon va uning sarguzashtlari

“Qissamning bosh qahramoni har biringizga o‘xshagan sho‘x, shum bola, do‘stlarim. Sababi, avvalam bor, har biringizning hayotingizda turli-xil ajoyib va hayratlanarli hodisalar sodir bo‘lishini istaysiz. Haq yoki nohaq ekanligingizga amin bo‘lishingiz uchun bu hikoyani o‘qishingiz lozim.”

•          Oltin yurakli avtobola

•          0099 sonli yolg‘onchi

•          Olovjon va uning do‘stlari

•          Pashshavoyning boshdan kechirganlari

•          Atrofimizdagi tentaklar

•          Tushga nima kirmaydi

•          Zag‘izg‘onning g‘iybati

•          Dahshatli Meshpolvon

Rasmlar galereyasi