Tarjimai hol
Shamshod Majitovich Abdullayev (1 noyabr 1957 yil, Farg‘ona) - rus tilida ijod qiluvchi o‘zbek shoiri, yozuvchi, esseist.
Farg‘ona pedagogika institutini filologiya fakultetini tomomlagan. Farg‘onada yashaydi. 1991-1995 yillari “Sharq yulduzi ” jurnalida she’riyat bo‘limi rahbari bo‘lgan.
To‘rtta she’riyat va nasr kitoblarni muallifi. Undan tashqari uning asarlari quyidagi jurnallarda chop etildi: “Bayroq” (Znamya), “Volga”, “Buloq” (Rodnik), “Qoralama” (Chernovik), “Yangi adabiyotlar Axborotnomasi” (Vestnik novoy literaturi), “Ozod etilgan Uliss (Rossiyadan tashqida zamonaviy rus she’riyati) antologiyasi” va boshqalar. Rossiya she’riyatining "Farg‘ona maktabining" yaratuvchisi (Xamdam Zakirov, Daniil Kislov, Olga Grebennikova va boshqalar.).
O‘zbek bo‘la turib, Abdullayev madaniyatlar aro aloqa tili sifatida ishlatiladigan hamda o‘zaro sharq mentaliteti va g‘arb madaniyatini ochib bera oladigan rus tilida ijod qildi. Bunda rus she’riyati an’analarini tark etib, O‘rta Osiyo va Amerika-Yevropa ijodini o‘zaro qarama-qarshi qo‘ydi.