Tarjimai hol
Abdullayev Yevgeniy Viktorovich (1971 yil 19 aprelda Toshkentda tug‘ilgan) - O‘zbekistonda yashovchi rus shoiri, yozuvchi va tanqidchi. Tanqidiy maqolalari haqiqiy nomi ostida, she’riyat va nasrlari Suhbat Aflatuni taxallusi ostida chop etiladi.
O‘z bolaligini Namanganda o‘tkazgan; 1978 yildan buyon Toshkentda yashaydi. 1993 yilda Toshkent Davlat universitetining Falsafa fakultetini tamomlagan.
Asarlari “Arion”, “Xalqlar do‘ctligi” (Drujba narodov), “Sharq yulduzi” (Zvezda Vostoka), “Bayroq” (Znamya), “Quddus jurnali” (Iyerusalimskiy jurnal), “Yangi Yoshlar” (Novaya Yunost), “Oktyabr” jurnallarida, “Kichik Ipak yo‘li” (Toshkent - Moskva, 1999-2005) va "Interpoeziya" (Nyu-York - Moskva, 2005) almanaxlarida chop etilgan. “Oktyabr” (2004, 2006), "Rossiya mukofoti" (2005), "Triumf" yoshlar mukofoti (2006) jurnallari mukofoti sovrindori.
“Zabur va qoralamalar” (Psalmi i nabroski) (Moskva: LIO R. Elinina, 2003) she’riy kitobi, "Toshkent romani" (Sankt-Peterburg: Amphora, 2006) nashri chop etilgan.
“Sharq yulduzi” jurnalini muharirlar kengashi a’zosi (2006 yildan); "Xalqlar do‘stligi" jurnali tahririyat kengashi tarkibiga kirgan (2008).