Tarjimai hol
Abdu al-Latif ibn Ulug‘bek (1430-1450, Samarqand) – Mavorounnahr hukmdori, Temuriylar sulolasi vakili, Ulug’bekning o’gli.
Abdu al-Latif (1394-1449) Ulug‘bekning eng katta o’g’li bo‘lgan. U otasidan ancha uzoqda, Hirotda ta’lim-tarbiya olgan. Abdulatif juda ham yaxshi harbiy qobiliyatga ega bo‘lgan, she’rlar yozgan. U sotqinlarga nisbatan juda vaxshiy, shafqatsiz inson bo‘lgan. 1447 yili amakasi Shoxrux mirzo vafotidan so‘ng otasi bilan birgalikda Hirotni qo‘lga kiritish uchun jangga kirib g‘olib chiqishadi, shundan so‘ng Hirot ham Mirzo Ulug‘bek qo‘l ostiga o’tadi.
1449 yil oktyabr oyida Abdu al-Latif Samarqandda taxtga o’tirdi. 1449 yilga kelib Abdulatif otasi Mirzo Ulug‘bek bilan kelishmay qoladi va u otasiga qarshi yurish qiladi, jangda Abdulatif qo‘li baland kelib, otasi Mirzo Ulug‘bekni o‘ldirishga hukm beradi. Keyinchalik ukasi Abdul-Azizni ham o‘ldirishga buyruq beradi. 1449 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug‘bek va Abdul-Aziz boshidan judo qilinadi. Temuriy Abu Sayid Buhoroga kochishga muvaffaq bo’ldi. Abdulatifning qattiqo’l siyosati Movorounnahr harbiylarini parokandalikka yuz tutishiga olib keladi.
1450 yilning 8 may kuni Mirzo Ulug‘bek harbiylaridan biri Xusayn tomonidan o‘ldiriladi. Uning jasadi Samarqanddagi Oqsaroy maqbarasiga dafn qilingan. Abdulatifdan so‘ng taxtga Mirzo Ulug‘bekning jiyani sulton Abdulla Ibn Ibragim o‘tiradi va ikki yil (1450-1451 yy.) davlatni boshqaradi.