Тамара Хонум

Таваллуд топган сана: 29 mart 1906 йил

Вафот этган сана: 30 iyun 1991 йил

Туғилган жой:Фарғона вилояти

Йўналишлар: Раққос ва раққосалар

19900

Таржимаи ҳол

Tamaraxonim (haqiqiy ismi - Tamara Artyomovna Petrosyan) — raqqosa, xonanda, baletmeyster. SSSR xalq artisti (1956). Ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati (1941). Tamara Xonimni “Sharq Aysadora Dunkani”deb nomlashgan. Britaniya malikasining shaxsan o‘zi atoqli artistga sanʼat qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofot topshirgan.

Televideniye va musiqiy kliplar davridan avval O‘rta Osiyoga xos etnik mega-yulduz bo‘lgan. Uni musiqiy namoyishlarda tinglash va ko‘rish mumkin bo‘lgan.

Ushbu mashhur ayolning taqdiri tom maʼnoda Shumshuk qiznikiga o‘xshashdir. U butun dunyoga shuhrat qozonishdan avval ochlik va kambag‘allikni boshdan kechirgan. Uning ismi nafaqat Sovet Ittifoqi bo‘ylab, balki undan tashqarida ham shov-shuvga sabab bo‘lgan. Asli o‘zbek shaharchasidan bo‘lgan bu arman qizining shuhrat qozonishida, shubhasiz uning aniq maqsad sari intilishi, mehnatkashligi va noyob badiiy mahorati qo‘l kelgan.

Tamaraxonim 1906-yil 29-mart kuni Turkiston o‘lkasining Gorchakovo bekatiga (hozirgi Marg‘ilon shahri) surgun qilingan Anna va Artyom Petrosyanlarning kamsuqum oilasida dunyoga kelgan. O‘zbek mahallada ulg‘ayib, qizaloq qoshi-ko‘zi qora sho‘x-shodon mahalliy bolakaylardan qolishmadi. Mahallada daydi artistlar truppasi paydo bo‘lgach, barcha tamoshaga ulgurardi. Tamarani ko‘zboylag‘ichlar, dorbozlar va raqqoslar o‘ziga sehrlab qo‘ydi. Uyda u ko‘rgan harakatlarini beixtiyor takrorlardi. Borgan sayin uning harakatlari ildamroq bo‘lib, olti yoshga kirib, qizaloq yaqinlarini qarshisida raqsga tushib, tahsinlarga sazovor bo‘lgan.

“Mana, ko‘rasiz, u hali Parijda raqsga tushadi!” – deya g‘ururlanib qo‘ygan onasi va atrofdagilarga kulgu bo‘lgan. Ammo Parijdagi tantanali chiqishi yosh raqqosaning shukuhli mavqeʼiga ibtido bo‘ldi.

Ayol sahnadami? Uzoq o‘tmishda musulmonlar Sharqida bu holat aql bovar qilmas hodisa bo‘lgan. Turkiston urf-odatlariga ko‘ra, ayollar turmush qurgach, uy-yumushlari bilan band bo‘lib qolavurgan, tana va yuzi esa paranja va uzun ko‘ylak ortiga berkitilgan. Tamara voyaga yetgani sari ota-onasiga atrofdigalar qizining nomaʼqul intizomi haqida gapirishgan – axir, qizaloq o‘zining sevimli mashhuloti bo‘lmish raqsni tashlash niyati ham bo‘lmagan. Otasiga esa qo‘rs farzandini tiyib olmasa, jazolashlarini aytib, tahdid qilishgan.

Ammo, bir voqea barchasini hal qilgan... Gorchakova bekatiga Hamza Hakimzoda Niyoziy boshchiligidagi “Vostok” (“Sharq”) tashviqot poyezdi kelib to‘xtagan. Sovet hukumatining ilk yillari xalq orasida maʼnaviyatni kuchaytirish masalasi juda keng tarqalgan. Kimdur Hamzaga juda iqtidorli qizaloq haqida gapirib bergan va bu uning taqdirini o‘zgartirib yuborgan: 1918-yil Tamara ilk bor haqiqiy sahnaga chiqqan.

Uning yoshi 12 da bo‘lishiga qaramay, qolganlar bilan tengma-teng ishtirok etgan. Havaskor konsertlardagi yosh raqqosaning ishtiroki keskin ajralib turardi, u hanuz omma oldida raqsga tushuvchi yagona ayol kishi bo‘lgan, ustiga-ustak, yuzi ochiq holda sahnaga chiqqan. Tamaraga nistaban taqdidlar davom etardi va ota-onasi uni falokatlardan yiroq qilish maqsadida Toshkentga jo‘natishadi. 1922-yil qizaloq Toshkent balet truppasi o‘quvchisiga aylanadi va Abror Hidoyatov, Yatim Bobojonov, Ali Arodobus Ibrohimov kabi birinchi o‘zbek artistlari rahbarlik qilgan yuqori mahoratli konsert guruhlarida raqsga tusha boshlaydi. Afsuski, uning “beadab” tarbiyasi haqidagi gap-so‘zlar ona qishlog‘igacha yetib boradi va mahalliy din ishqivozlari uning otasini vahshiyona o‘ldirishadi. Onasi farzandlari bilan yolg‘iz qoladi va Tamara namoyishlardan ishlagan ulushini yaqinlarining non-choyi uchun yuboradi.

Balet truppasi O‘rta Osiyo bo‘ylab gastrol safarlarida bo‘lib, xalq raqslar bo‘yicha konsertlar berishadi. Kichik shahar va qishloqlarda qiz bola raqqosa tomon taʼna toshlari otiladi. Tamara har bir chiqishi bilan hayotini havf ostiga qo‘yardi: zo‘raygan haloyiq uni burdalab tashlashga tayyor edi. Uning hayotini taniqli musiqachi va so‘z ustasi Yusufjon qiziq qutqurib qolgan. G‘ala-g‘ovurda uning ustiga paranja tashlab, haloyiq ichidan bildirmay olib chiqishning uddasidan chiqqan.

Bo‘sh kelmay, o‘z maqsadi sari olg‘a qadam tashlash uchun oz-muncha jurʼat talab qilinmagan. 1923-yil u Moskvaga jo‘naydi va A.V. Lunacharskiy nomidagi Teatr texnikumida o‘qishni davom ettiradi. Moskvalik tamoshabinlar hayotining bosh sahifalaridagi ko‘ngilsizliklarni qoplab, yosh iqtidor sohibasini katta zavq bilan kutib olishgan. Aynan Moskvada u “Sharq qaldirg‘ochi” nomiga ega bo‘lgan.

Konsertlardan so‘ng tamoshabinlar o‘z zavqini ifodalash uchun sahna ortida kutib olishardi. Grim xonasida yosh isteʼdod sohibi – taniqli qo‘shiqchi Muhitdin Qori Yoqubov maqtovlarga ko‘mib tashlaganda, Tamara hayratlanmagan. Rahbariyat qo‘shiqchini tanishtirib, “Endi siz birga ishtirok etasiz”, degan. Unda raqqosa “birga” deganda bir umr ekanligini bilmagan ham: Muhitdin uning turmush o‘rtog‘i va qizining otasi bo‘ldi.

Yosh kelin-kuyov birinchi chet el safariga Fransiyaga yo‘l olishdi. 1925-yil Parijda Xalqaro dekorativ sanʼat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan. Muhitdin Qori Yoqubov va Tamaraga o‘z vatanining nomidan ishtirok etish vazifasi tushdi. Ularning chiqishi hayratomuz muvaffaqiyat olib kelib, o‘zbek artistlari haqida parijliklar hali uzoq eslab yurishdi.

Uyga qaytisharkan, er-xotin Germaniya orqali kelishgan, zero Tamara taniqli raqqosa Aysedora Dunkan bilan tanishmoqchi bo‘lgan. U Tamaraning qovurg‘alarini ushlab, sanab ko‘rishni iltimos qilgan, zotan, oddiy tana tuzilishida bu qadar murakkab va ajoyib harakatlarni bajarish imkonsizligini aytgan.

Keng omma eʼtirofi va sharafga Tamara 19 yoshida ega bo‘lgan. Parijdagi muvaffaqiyatdan so‘ng uning qarshisida butun dunyo namoyon bo‘lgan. U yer sharining yarimini aylanib chiqqan. Bir kichik voqeadan so‘ng uning ismiga Xonim tahallusi mustahkam o‘rnashib olgan. Kunlardan bir kuni Moskvaga uyushtirilgan katta safar oldidan konsert tashkilotchilaridan biri mahalliy aholi Tamaraga “xonim” deya yuzlanishayotganini eshitib qoladi. Ertasiga “Tamaraxonim” ismli afisha butun shahar bo‘ylab osilgan edi.

Chet elliklar bu ajoyib ayol qaysi millat vakilasi ekanligini tushuna olishmagan. Kelib chiqishi arman, o‘zi esa o‘zbek mahallada katta bo‘lgan Xonim har bir chet el safaridan uyiga yangi raqs olib kelarkan, unga batamom sho‘ng‘ib ketardi. Uning ijodiy g‘alayonida 86 xalq raqsi jamlandi. Tamara nafaqat raqsi, balki turli xalqlarga xos o‘zgacha qadam tashlashlari, yuz imo-ishoralari, tana harakatlari bilan ajralib turardi. Raqs liboslari, grim va u ijro etgan raqs shu darajada o‘zgarar ediki, bu ajoyib ayolni ko‘rgan har bir xalq uni o‘z vatandoshi deb o‘ylardi.

1938-yil u ikki janrni — qo‘shiq va raqsni birlashtirib, sahna sanʼatida o‘ziga xos o‘zgarish qildi. Endi raqqosa ko‘plab tillarda kuylar edi ham, shu bilan birga, hech qanday qoqilishsiz, toza va ravon ijro qilardi. “Sahnadan turib, aholi bilan yuzlanarkanman, men va tamoshabin o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni sezaman. Bizlarni bog‘layotgan ko‘rinmaydigan iplar soni ko‘p bo‘lgani sayin, ichimga allakim kirib, mening o‘rnimga raqs tushayotganday, go‘yo”, tan oladi raqqosa

Undagi ushbu jo‘shqinlik, kasbiga bo‘lgan fidoyilik, mehnatsevarlik va Yaratgan tomonidan berilgan isteʼdod ko‘p yillar davomida unga yuqori hurmat va sharaf olib kelgan. 1935-yil Londonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro festivalda Britaniya qirolichasining shaxsan o‘zi unga sanʼtga qo‘shgan hissasi uchun mukofot topshirgan.

Ikkinchi Jahon Urushi davrida Tamara butun front bo‘ylab konsertlar bergan — Tinch okeanidan Ovrupagacha. Bu uchun harbiy qo‘mondonlik yagona artistga kapitan unvonini topshirib, qirol olib yurish huquqini bergan.

Tamaraxonimning chiqishlarini ko‘rgan davlat hukmdorlari, ko‘zga ko‘ringan siyosatshunoslar, jamoat arboblarida u bilan shaxsan tanishish istagi tug‘alardi. Bastakor Isoq Dunayevskiy shunday yozgan: “Siz meni quyoshli O‘zbekistonga taslim etdingiz Raxmat! Ammo men uchun Siz va Sizning ajoyib sanʼatingiz bo‘lgan barcha yer quyoshli bo‘ladi”, degan.

Ijodiy mahoratini to‘plab, 1930-yil taniqli raqqosa o‘z kuchini baletmeyster sifatida sinab ko‘radi. 1932-yil rejissyor Z.Qobulov va bastakor P.Rahimov bilan hamkorlikda u Urganchda teatr tashkillashtirib, unda ham baletmeyster, raqqosa va pedagog-tayyorlovchi bo‘ladi. Uning tashabbusi bilan Toshkentda mumtoz balet maktabi ochiladi.

Tamaraxonim 1991-yil Toshkentda vafot etarkan, sahna chiqishlarida kiygan minglab kostyumlarini uy-muzeyida saqlashlarini vasiyat qilib ketadi. Bu liboslarning har biri oltin va kumush zar iplarda tikilgan, ularga qimmatbaho toshlar tikib chiqilgan — har biri o‘ziga xos sanʼat asari.

Tamaraxonim muzeyi 1994-yil ochilgan. Unda xonalarining interyeri, liboslar, plastinkaga yozib qolingan qo‘shiqlar, ajoyib kartinalar jamlanmasi, fotosuratlar va taniqli artistlarning qo‘l yozmalari saqlanib qolgan. Ular orasida nashrdan chiqmagan xotiralari, shuningdek, yoshi ulug‘lik davrida yozilgan sheʼrlari ham bor. Ulardan birida Tamaraxonim Umar Xayyomning satrlaridan foydalanib, “Taqdir senga bergani keldi, endi chetlab va olib qo‘ymay ketmaydi...” deyilgan.

Muzey manzili: Toshkent shahar, Tamaraxonim ko‘chasi, 1/41

Telefon: (+998 71) 267-86-90

Ish vaqti: 09:00 - 18:00

Dam olish kuni: Yakshanba

Видео галерея

Расмлар галереяси