O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov 80 yoshida vafot etdi

Husan Sharipov 1937-yil, 27-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgandi. 1963-yili Toshkent davlat teatr va rassomlik institutini tamomladi.

1959—1991-yillarda Muqimiy nomli teatrda faoliyat olib bordi. 1995—1997-yillarda O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasini boshqardi.

Husan Sharipov teatr, kino va televideniyeda yuzlab rollar ijro etgandi. “Vodillik kelin”, “Suyunchi”, “Bomba”, “Tangalik bolalar”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Chinor ostidagi duel” filmlari, “Jiblajibon” seriali, “Televizion miniatyuralar teatri”dagi qahramonlari bilan tanilgandi.

San’atkor 1991-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni, 1999-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangandi.